19 avgust kuni Xitoy Xalq Respublikasi poytaxtida Özbekiston Respublikasi Mustaqilligining 28 yillik bayrami hamda mamlakatimizning Xitoydagi elçixonasi yangi binosining oçilişiga bağişlangan tantanali marosim bölib ötdi. Unda Özbekiston taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov, XXR davlat kengaşi a'zosi, taşqi işlar vaziri Van I hamda Xitoyning siyosiy, iqtisodiy, madaniy-gumanitar doiralari, Pekinda akkreditatsiyadan ötgan diplomatiya korpusi, xalqaro taşkilotlar, ommaviy axborot vositalari hamda uşbu mamlakat jamoatçiligi vakillari hozir böldilar.

Özbekiston taşqi işlar vaziri A.Komilov tantanali marosimni oçar ekan, “Davlatning içki rivojlanişidagi uzoq muddatli manfaatlaridan kelib çiqqan holda,  Özbekiston Respublikasi oçiq, har tomonlama vazmin, tinçliksevar taşqi siyosat olib bormoqda. Xitoy bilan köp qirrali hamkorlikni kengaytiriş Özbekiston taşqi siyosatidagi muhim yönalişlardan biridir”, dedi.

Öz navbatida,  Xitoy taşqi işlar vaziri Van I Özbekiston xalqini yaqinlaşib kelayotgan Mustaqillikning 28 yillik bayrami bilan samimiy muborak etdi. U Xitoyning Özbekiston bilan özaro munosabatlari har tomonlama strategik şerik mamlakatlar sifatida yil sayin rivojlanib borayotganini tasdiqlaydigan yaqqol misollarga alohida töxtaldi. XXR taşqi siyosat mahkamasi rahbari mamlakatimizning Xitoydagi elçixonasi yangi binosining oçilişi xususida töxtalib, Özbekiston diplomatiya vakolatxonasi bundan keyin ham ikki mamlakat örtasidagi döstona, har tomonlama hamkorlik munosabatlari rivojlanişida muhim köprik vazifasini bajarişiga işonç bildirdi.

Tadbirga tayyorgarlik jarayonida elçixona uşbu marosimni yuqori saviyada taşkil etiş va ötkaziş maqsadida Farğona viloyati hokimligi bilan yaqin hamkorlikda iş olib borgani özining ijobiy natijasini berdi. Milliy san'atimiz va pazandaçiligimiz, özbek xalq amaliy san'ati namoyandalaridan iborat Farğona viloyati vakillarining tantanali marosimdagi faol iştiroki tadbir qatnaşçilarining alohida diqqat markazida böldi.

Marosim mehmonlari farğonalik qöli gul hunarmandlar tomonidan yaratilgan atlas, adras singari milliy matolar, kulolçilik mahsulotlari, rang-barang san'at asarlari va esdalik buyumlaridan iborat özbek xalq amaliy san'ati körgazmasi bilan tanişişdi. Ayniqsa, öz dastgohi bilan Farğonadan kelgan hunarmand Abdullo Mirzaahmedovning milliy uslubda qölda adras töqiş, kulol Bunyod Yunusovning sopol buyumlarga naqş beriş böyiça ötkazgan mahorat darslari xitoylik mehmonlarning e'tiboriga sazovor böldi. Şuni alohida qayd etiş joizki, Özbekiston diplomatiya vakolatxonasining uç qavatli mazkur yangi binosi farğonalik ustalar iştirokida milliy bunyodkorlik an'analari va zamonaviy me'morçilik yutuqlari asosida bunyod etilgan. Uşbu imorat Pekin şahri markazidagi Çaoyang işbilarmonlik mavzesida AQŞ, Yaponiya, Hindiston, Janubiy Koreya, Fransiya, Malayziya kabi davlatlarning elçixonalari bilan yonma-yon joylaşgan.