Bugun, 21 avgust kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi anjumanlar zalida Davlat test markazi vakillari iştirokida jurnalistlar uçun brifing ötkazildi. 

Unda iştirok etgan Davlat test markazi boşqarma boşliği Diyorbek Qöçqorov test jarayonlari yakuniga yetgan kundan tört kun ötib, ya'ni 19 avgust kuni DTM binosida 39 nafar abituriyent nima uçun imtihon topşirganiga izoh berdi.

«Hujjatlar qabul qiliş jarayonida operatorlarning aybi tufayli texnik xatolik bilan test sinovlarida iştirok eta olmagan 50 nafar abituriyent borligi aniqlandi. Davlat komissiyasi ruxsatiga köra ularga imkoniyat berilib, operatorlar xatolarining oldini oliş maqsadida 19 avgust kuni soat 14:00da DTM binosida abituriyentlar uçun ota-onalar videokuzatuvi asosida test sinovlari ötkazildi. Unda 50 nafar yoşdan 39 nafari iştirok etdi. Natijalar öşa kuni e'lon qilindi», deya uning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

 Ma'lum qilinişiça, turli sabablarga köra test sinovlarida qatnaşmagan 24 ming 930 nafar abituriyentning hujjatini qabul qilişda EKIHning yarim baravari (101 ming 365 söm) miqdorida amalga oşirgan tölovi abituriyentlarning özlariga qaytariş yoxud qaytarmaslik masalasi hali aniq emas. Bu masala qonunçilik doirasida körib çiqiladi va natija omma e'tiboriga havola etiladi.