“Xorijda vaqtinçalik mehnat faoliyatini amalga oşirayotgan Özbekiston Respublikasi fuqarolari va ularning oila a'zolarini himoya qiliş kafolatlarini yanada kuçaytiriş çoralari töğrisida” prezident farmoni qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.

Farmonga köra:

uy-joy şaroitlarini yaxşilaşga ehtiyojmand mehnat migrantlariga 2020 yilda köp kvartirali uylardan respublika böyiça jami 3 462 ta xonadon ajratiladi;

mehnat migrantlari tomonidan Özbekiston Respublikasi hududida olingan kreditlarni “Aziya invest bank” AJ va Rossiyadagi boşqa hamkor-banklar orqali Rossiya rublida, şu jumladan, elektron tölov tizimlari orqali amalga oşiriş mexanizmi joriy qilinadi.

2019 yil 1 oktyabrdan:

mehnat migrantlariga – 1 bank kuni davomida pasport, ariza va mehnat organining iltimosnomasi asosida 2019–2020 yillarda 10 foiz va 2021 yilda 12 foiz stavkada 2 mln söm miqdorida 1 yil muddatga mikroqarzlar beriş;

suğurta kompaniyalariga – yiliga 1 marotaba xorijdagi vaqtinçalik mehnat migrantlari hayoti va soğliğini suğurtalaş böyiça suğurta mukofoti summasini qoplaş uçun har bir mehnat migranti uçun 50 000 söm miqdorida bir martalik subsidiyalar taqdim etiş amaliyoti joriy etiladi. 

Farmonga muvofiq:

Taşqi mehnat migratsiyasi masalalari böyiça respublika komissiyasi;

Vazirlar Mahkamasi tuzilmasida Xorijda vaqtinçalik mehnat faoliyatini amalga oşirayotgan Özbekiston Respublikasi fuqarolari huquqlarini himoya qiliş va qöllab-quvvatlaş masalalari departamenti taşkil etildi.

Farmon bilan:

2019 yil 1 oktyabrga qadar “Yagona milliy mehnat tizimi” axborot tizimi doirasida “labor-migration” dasturiy majmuasini joriy etilişi;

Farmonda nazarda tutilgan kreditlar, subsidiyalar, mikroqarzlar va köp kvartirali uylardagi xonadonlar “labor-migration” dasturiy majmuasida röyxatdan ötgan mehnat migrantlariga taqdim etilişi belgilandi.