20 avgust kuni Özbekiston Markaziy banki Moliya vazirligi bilan birgalikda ommaviy axborot vositalari uçun içki valuta bozoridagi joriy holat va almaşuv kursi dinamikasiga boğliq masalalarni tuşuntiriş maqsadida matbuot anjumanini taşkil etdi.
Unda iştirok etgan Moliya vazirining birinçi örinbosari Timur Işmetov valuta kursi özgarib turişi tabiiy jarayonligi, kurs özgarişiga taşqi omillar har doim ta'sir körsatişi, bundan qoçib qutulib bölmasligi haqida gapirdi.
Şuningdek, uning aytişiça, Özbekiston hukumati ham, Markaziy bank ham kursning özgarişiga sun'iy ta'sir körsatişni rejalaştirmayapti. Faqatgina ehtimoliy taşqi ta'sirlarni oldindan prognozlaş va bunga muvofiq ravişda içki holatni moslaştiriş uçun çoralar körilişi mumkin.
«Erkin bozor şaroitida valuta kursining özgarişiga iqtisodiyotning barometri sifatida qaraş lozim. Biz barometr körsatayotgan haroratga moslaşişimiz mumkin, xolos. Agar u körsatgan harorat yoqmasa, barometrni buzib taşlay olmaymiz. Özbekiston hukumati valuta kursidagi tebranişlarda fiskal muvozanatni qat'iylaştiriş, taşqi ta'sirlarni minimallaştiriş orqaligina rol öynaşi mumkin», deya Timur Işmetovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Şuningdek, vazir örinbosari mamlakatda kuzatilayotgan import hajmining eksportdan sezilarli darajada yuqoriligi holatiga izoh berdi.
«Iqtisodiyotni erkinlaştiriş, rivojlantirişga harakat qilinayotgan hozirgi paytda import hajmi eksportdan yuqori bölişi tabiiy hol. Buni özgartirişga importni çeklaş orqali emas, balki eksport hajmini oşiriş orqali erişiş mumkin. Buning uçun adolatli va hamma uçun baravar bölgan bozor şaroitini yaratiş kerak. Eksport uçun belgilangan imtiyozli kreditlardan bosqiçma-bosqiç voz keçiş kerak, bu korrupsion mexanizmlarni yuzaga keltirişi mumkin», deydi u.
Işmetovning sözlariga köra, sönggi vaqtlarda turli davlat idoralari tomonidan importda çeklovlarni joriy qilişni közda tutuvçi normativ hujjatlar loyihasi taqdim etilmoqda, lekin bunday çeklovlarni joriy qiliş rejalaştirilmayapti.

















