Apple kompaniyasi öz mahsulotlari qatorini yangilamoqçi, yangi qurilmalar yaqin oylarda sotuvga çiqişi kerak, deb xabar berdi Bloomberg axborot agentligi.
Yangi qurilmalardan birinçi bölib Pro iPhones deb ataluvçi 3 ta yangi smartfon çiqişi kutilmoqda, ular kompaniyaning oxirgi modeldagi smartfonlari – iPhone XS, iPhone XS Max va iPhone XR örnini egallaydi.
Bloomberg ma'lumotlariga köra, yangi smartfonlardan birortasi 5G tarmoğini qöllab-quvvatlamaydi, ammo tezkor Apple A13 protsessorlari, simsiz quvvatlaniş imkoniyati va öta keng fotosuratlar va video oliş uçun yangi kameralar bilan ta'minlanadi. Ta'kidlanişiça, yangi ayfonlarda videoni yoziş sifati ança yaxşilanadi. Bundan taşqari, videoni tasvirga oliş vaqtida uni tahrir qiliş funksiyasi paydo böladi.
Yangi smartfonlar ölçami avvalgi modellarniki kabi qoladi, ularni mustahkamroq qiliş va suv ötkazmasligini oşirişga va'da berilgan.
Şuningdek, kompaniya 16 dyuymli yangi MacBook Pro noutbukini çiqaradi.
AirPods quloqçinlari esa suv ötmaydigan qilinadi va ularga şovqinni bostiriş funksiyasi qöşiladi.












