22 avgust kuni Özbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari Çeçeniston rahbari Ramzan Qodirovning taklifiga binoan Şali şahrida bunyod etilgan muhtaşam masjidning oçiliş tadbirida iştirok etiş uçun uşbu davlatga jönab ketdi.
Özbekiston delegatsiyasi tarkibiga hukumat vakillari, ulamolar, mudarrislar va ommaviy axborot vositalari vakillari kiritilgan.
Yangi masjid Ramzon Qodirov nomi bilan atalib, 23 avgustda oçiladi.
Uşbu marosimda davlat va din arboblari, muftiylar, taniqli islom ulamolari, soha mutaxassislari va ekspertlar iştirok etadi. Şuningdek, masjidning oçiliş marosimi doirasida turli diniy-ma'rifiy tadbirlar ötkazilişi rejalaştirilgan.
Mazkur masjid özbek me'morlari tomonidan loyihalaştirilgan va Markaziy Osiyoga xos uslubda qurilgan. U 7 yil davomida qurilgan.
Şuningdek, masjid oçilişi munosabati bilan restorator Bahriddin Çustiy boşçiligidagi özbekistonlik bir guruh oşpazlar Şalida 3 tonnalik palov tayyorlaşadi.












