«Özstandart» agentligi mutasaddilarining Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida ötkazilgan matbuot anjumanida ma'lum qilişiça, 2023 yilgaça milliy standartlarning 80 foizini jahon talablariga moslaştiriş maqsad qilingan. Biroq bu vazifani 2021-2022 yillargaça yakunlaşning ham imkoni bölişi mumkin. 

«Sönggi 2 yil içida standartlarimiz 3,5 mingtaga yetkazildi. Bundan taşqari, oldimizda yana 10 mingta standartni işlab çiqiş vazifasi turibdi. Bu jarayonni amalga oşiriş uçun «Standartlar» instituti ham öz faoliyatini boşladi», deya raqamlar bilan boğliq dalillarni keltirib ötdi «Özstandart» agentligi boş direktori Dilşod Sattorov.  

Şuningdek, uning qöşimça qilişiça, xalqaro talablarga javob beriş oson emas. Masalan, Yevropa iqtisodiy komissiyasining mahsulotlar böyiça maxsus talablari bor. Hozir «Özstandart» agentligi milliy standartlar şu komissiya tomonidan tasdiqlanişiga erişiş uçun harakat qilmoqda.

Agar buning uddasidan çiqilsa, Özbekiston tabiiy iqlim şaroitida yetiştirilgan mahsulotlarning xalqaro bozorga çiqişi osonlaşadi. Çunki ayni paytda qişloq xöjaligi mahsulotlari, masalan, qovun hajmi katta-kiçikligi jihatdan talabga javob bermagani tufayli eksporti kamayişi ham qayd etib turiladi. Milliy standartlar tasdiqlanişi bilan eksport ham oşadi.

Çet elliklar Özbekiston standartini ham örganadi

Özbekiston jahon bozoriga mahsulot eksport qiliş uçun xalqaro talablarni örganganidek, çet ellik işlab çiqaruvçilar ham özbek bozoriga kiriş xohişini bildirsa, millliy standartlarimizni örganadi.

«Yuqorida qovun misolida körganimizdek, biz şakl, hajm, maza jihatdan ma'lum talablarni işlab çiqsak, bu bizning öz bozorimiz uçun ham yagona standart böladi», deya ma'lumot berib ötdi «Özstandart» agentligi boş direktori.

«Sinov va sertifikat» markazi direktori Aqlbek Mustafoyevning aytişiça, avgust oyining özida mamlakatimiz bozoriga kiriş uçun 10dan ortiq xorijiy davlat korxonalari murojaat qilişgan. Xitoy, Rossiya, Yaponiya, Irlandiya kabi davlatlarning tadbirkorlariga mamlakatimizda turli mahsulotlar böyiça qöyilgan standart talablari böyiça ma'lumot berilgan.

Import qilingan trikotaj mahsulotlari sertifikatlaştirilmasdan bozorga kirib keladi

«Özstandart» agentligi mas'ullari bozorda sifat jihatdan qoniqarsiz mahsulotlarning nazoratini amalga oşiriş haqidagi tuşunmovçiliklarga ham munosabat bildirib ötdi.