Hozir Özbekiston tekstil mahsulotlarini sotişdan yiliga 2 milliard dollar foyda olyapti va bu raqam yaqin kelajakda 7 milliardga oşişi kutilmoqda. Taqqoslaş uçun, mustaqillikdan oldin atigi 8 foiz paxta tolasi Özbekistonning özida qayta işlangan bölsa, hozirda bu körsatkiç 80 foizga yetgan.
Senat raisining birinçi örinbosari Sodiq Safoyev bugungi yalpi majlisdagi ma'ruzasida şu haqda töxtalib ötdi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
«Qaranglar, bir neça yil avval bizda yetiştirilgan paxta tolasining atigi törtdan biri özimizda qayta işlab çiqarilardi. Şu borada eslatmoqçiman, bir xillar ötmişni nostalgiya bilan eslaydi... Biz iqtisodçilarning esimizda bor, sovet davrida atigi 8 foiz paxta özimizda qayta işlab çiqarilardi. Qolgan hammasi Ivanovoga, boşqa joylarga jönatilib, tayyor mahsulot sifatida qimmatroq bölib, özimizga qaytib kelardi.
Bugun esa 80 foiz paxta özimizda qayta işlab çiqarilmoqda va tayyor mahsulot sifatida çetga sotilmoqda.
Buning evaziga, agar ilgari mukkayib, butun millat qiynalib, bolalarni mehnatga jalb qilib, yetiştirgan paxtamizni sotganimizda, yaxşi va omadli yilda 1 milliard dollarni olardik.
Mana şu investitsiyalar natijasida, özimizdagi rivojlangan işlab çiqarişlar natijasida bugun tekstil mahsulotlarini sotiş evaziga biz 2 milliard dollar foyda olamiz. Yaqin kelajakda bu raqam – 7 milliard dollarga ösişi kutilmoqda.
Mana bu – biz olib borayotgan investitsion siyosatimizning amaliy natijasidir», – dedi Sodiq Safoyev.

Siyosatçining ta'kidiça, investitsiya masalasi – Özbekiston «taqdiri uçun strategik ahamiyatga ega». U öz nutqida jahon iqtisodiyotiga oid umumiy statistik raqamlarni ham keltirib ötdi.
«Jahon banki ma'lumotlariga köra, joriy yilda global ösiş 2,6 foizni taşkil qilgan bölib, bu – kutilgan körsatkiçdan 0,3 foizga kamroq. Mutaxassislar kelgusi uç yilda rivojlanayotgan mamlakatlarda investitsiyalarning ösişi sekinlaşadi, degan xulosaga kelmoqdalar. Bu xulosa biz uçun muhim.
Umuman, dunyoda ötgan yilda töğridan töğri xorijiy investitsiyalar 19 foizga tuşdi va 1,2 trillion AQŞ dollarini taşkil etdi. Bu tendensiyani biz bilişimiz kerak.












