Özbekistonda universitet va institutlar maktablarga biriktiriladi. Bu haqda prezident Şavkat Mirziyoyev 23 avgust kuni xalq ta'limi tizimini rivojlantiriş, pedagoglarning malakasi va jamiyatdagi nufuzini oşiriş, yoş avlod ma'naviyatini yuksaltiriş masalalariga bağişlangan videoselektor yiğilişida ma'lum qildi.
«Vazirlar Mahkamasi (Aripov), Xalq ta'limi vazirligi (Şermatov), Oliy ta'lim vazirligi (Majidov) bir oy muddatda barça hududlarda faoliyat körsatayotgan oliy öquv yurtlarining professor-öqituvçilari salohiyatidan foydalangan holda, maktablarda ta'lim sifati va samaradorligini oşiriş böyiça çora-tadbirlar rejasini işlab çiqsin.
Universitet va institutlarni, ularning kafedra va dekanatlarini maktablarga biriktiriş lozim. Ya'ni ular maktablarni «otaliqqa oliş»lari kerak», - deya davlat rahbarining sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Bundan oldin, prezident Xalq ta'limi vazirligi ijtimoiy hayotimizdagi, hukumatdagi nufuzi va ta'siriga köra Moliya vazirligi bilan barobar bir mavqeda turişi kerakligini aytgan edi.












