Özbekiston Respublikasi prezidentining 2017 yil 2 maydagi “2017-2021 yillarda gidroenergetikani rivojlantiriş çora-tadbirlari Dasturi töğrisida”gi PQ-2947-sonli qarori bilan respublikamizning tabiiy suv oqimlari va suv xöjaliklari obektlarida yangi gidroelektrostansiyalar quriş va işlab turganlarini modernizatsiya qiliş böyiça investitsiyaviy loyihalar röyxati tasdiqlangan. Röyxatga köra, Toşkent viloyatining Böstonliq tumanidagi Çotqol daryosida ham gidroelektrostansiya quriş belgilangan edi.
Quyi Çotqol GES “Özbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyati taşabbusi asosida qurilayotgan bölib, uning loyihasi “Gidroproyekt” aksiyadorlik jamiyati tomonidan işlab çiqilgan.
Loyiha böyiça kapital qöyilmalar hajmi 125 487,33 ming yevroni taşkil etib, ulardan 47 631,17 ming yevro miqdoridagi mablağni asosiy gidrokuçlanişli va yordamçi asbob-uskunalarni xarid qiliş uçun yönaltiriş belgilangan. Buyurtmaçining qolgan xarajatlari 8 995,57 ming yevroga baholangan. Şuningdek, quriliş-montaj işlari uçun 688 860,59 ming yevro ajratiş rejalaştirilgan.
GESning işga tuşirilişi muhandis-texnik ixtisoslikka ega bölgan 39 nafar kişini iş bilan ta'minlaş imkonini beradi.
Kuni keça uşbu GESni quriş böyiça amaliy işlar boşlandi. Gidroenergetika sohasi faxriylari, “Özbekgidroenergo” AJ rahbariyati, hamkor taşkilotlar vakillari iştirokida GES poydevoriga birinçi ğişt qöyildi.

Yangi inşoot 60 oy davomida, ya'ni 2019-2023 yillarda qurilib, ekspluatatsiyaga topşirişi rejalaştirilgan.
Hisob-kitoblarga qaraganda, yangi GES işga tuşirilgaç, uning mamlakat içki yalpi mahsulotdagi uluşi örtaça 25 477,8 ming yevroni taşkil qiladi va 100 mingga yaqin uy xöjaligini elektr energiya bilan ta'minlaşga xizmat qiladi.
GESda har biri 19 MVt bölgan 4 ta gidroagregat örnatiş möljallangan. Inşootning örnatilgan quvvati 76 MVt bölib, yillik örtaça elektr energiya işlab çiqariş hajmi 282,0 mln. kVt.s ga teng. Uning asosiy asbob-uskunalari normativ muddatlarga köra 40 yilgaça xizmat qilişi mumkin, amalda esa ular 80 yilgaça ham işlaydi. Şuningdek, GESning töliq işga tuşirilişi 91,28 mln. m3 gaça tabiiy gazni iqtisod qiliş imkoniyatini beradi. Inşoot gidrologik rejimga ta'sir qilmaydi va gidrobiologik obektlarga zarar yetmaydi hamda atrof-muhit va tabiat özgarişiga ta'sir körsatmaydi.













