Senatning 21-yalpi majlisida vazirliklar va mahalliy hokimliklarga qilingan qönğiroqlarga javob berilmasligi kabi holatlar tanqid ostiga olindi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.

Senat raisining birinçi örinbosari Sodiq Safoyevning fikriça, göşakni kötarmaslik – biznes etikaning yöqligidan dalolat beradi.

«Qabul qilingan qarorlar ayrim holatlarda bajarilmayotgani haqida xorijiy investor va mahalliy tadbirkorlar tomonidan tanqidiy misollar köpgina keltirilmoqda.

Tuşunamiz, vaziyat özgargan bölişi mumkin. Yangi takliflar paydo bölgan bölişi mumkin. Lekin qaror qabul qildikmi – lafz bor. Uni yoki tuşuntirişimiz kerak, yoki murosaga kirişimiz kerak.

Ular bergan xatlarga javob berilmayapti. Şunday faktlar bor. Hokimiyatlarda, vazirliklarda telefon qilinganida olinmaydi. Telefonga javob bermaslik – bu biznes etikaning yöqligidan dalolat beradi. Bunga barham berişimiz kerak.

Vaqtni çözib, bu özidan özi yeçilib ketadi, degan fikr notöğri. Qoçib yuriş – notöğri siyosat. Birinçidan, xorijiy investorlarga salbiy signal beradi. Ikkinçidan, baribir bir kunmas bir kun bu nihoyatda katta muammolarga olib kelişi muqarrar», – deb fikr bildirdi Safoyev.