Fransiya prezidenti Emmanyuel Makron "Katta yettilik" davlatlari rahbarlariga qutlov sözi bilan G7 sammitini oçib berdi.
Makron sammit oldidan tvitterda G7 davlatlari öz fuqarolari xavfsizligini ta'minlaş, yangi iş örinlari yaratiş va tengsizlikka qarşi kuraşiş uçun bor kuçlarini sarflaşiga va'da bergandi.
Yevrokengaş raisi Donald Tusk sammit oldidan bu uçraşuv "ozod dunyo va uning yetakçilari birligi va hamjihatligining murakkab sinovi" bölişini bildirdi. U şuningdek, G7 davlatlari rahbarlarini savdo uruşlarini töxtatişga çaqirdi.
Sammit Fransiyaning janubi-ğarbidagi Biarrits şahrida bölib ötmoqda.
Davlat va hukumat rahbarlari jahon iqtisodiyoti, savdo, xalqaro xavfsizlik va boşqa masalalarni muhokama qilişadi.
Sammit doirasida davlatlar rahbarlarining ikki tomonlama muzokaralari ham bölib ötadi.
Erondagi vaziyat, Hongkongdagi namoyişlar, Suriyadagi nizo, Hindiston va Pokiston örtasidagi keskinlik muhokama qilinadigan xalqaro mavzular markazida böladi.
Bundan taşqari, sammit arafasida 2020 yilda bölib ötadigan sammitga Rossiyani taklif qiliş masalasi muhokamaga sabab bölgandi. Ayrim ma'lumotlarga köra, Biarritsdagi sammitda uşbu mavzu kötarilişi mumkin.











