9 yoşli xitoylik qiz Çjou Ixan Xitoyning Xaynan oroli va qit'adagi Guandun viloyatini ajratib turuvçi Tsyunçjou böğozini suzib ötişga muvaffaq bölgan eng yoş suzuvçi böldi. 

Qiz 26,7 kmlik masofani 13 soatda mustaqil ravişda suzib öta oldi. Uning urinişi haqiqatan murakkab bölgan – sportçini masofani suzib ötiş davomida meduzalar çaqqan va kuçli oqim olib ketgan. 

“Meduza meni boşlanğiç nuqtadan bir kilometr narida birinçi marta çaqdi. Bu 20 dan köproq marta yuz berdi va biroz taşvişlantirdi. Mening murabbiyim va otam meduzalarni haydaş uçun navbati bilan oldimda suzib borişdi”, deb aytgan qizça. 

Ixan bilan böğozni yana 9 katta yoşli odam suzib ötişga uringan. Biroq ulardan 3 nafarigina buning uddasidan çiqqan. Har bir iştirokçi ortidan kater kuzatib borgan, biroq unga kötariliş taqiqlangan bölgan.

Qizning otasi katerlardan birida bölgan, u qizini bir neça marta töxtaşga çaqirgan, biroq Ixan matonat bilan suzişda davom etgan. Aynan otasi unga örnak bölgan: u 2018 yilda uşbu böğozni 8 soatda suzib ötişga muvaffaq bölgan.  

Yoş sportçiga 3 soat kamroq vaqt talab etilişi kutilgandi, biroq köplab ğovlar sababli suziş çözilib ketgan.