Bu aynan allergiyami va u qanday bölişi haqida batafsil yöriqnoma.

Birinçi navbatda qayd etiş kerakki, allergiyani oldindan aytib berişning imkoni yöq.

  • U har qanday narsaga nisbatan uyğonişi mumkin. Ovqatlar, ösimlik çangi, uy hayvonlarining sölagi va yungi, haşarotlar çaqişi, uy çangi va moğori, maişiy texnika, kosmetika vositalari, lateks — bularning har qaysisi sizning immun tizimingizni öta tölqinli reaksiyaga kelişga undaşi mumkin.
  • Allergiya har qanday insonda paydo bölişi mumkin. Olimlar aynan qaysi mexanizmlar immunitetda uşbu sirli körinişdagi nosozliklarni keltirib çiqarişini hanuz aniqlaganlari yöq. Bu şuni anglatadiki, dunyoda allergiyadan töliq himoyalangan insonning özi yöq.
  • U har qanday vaqtda yuzaga kelişi mumkin. Agar qulupnay tanovulidan keyin sizga heç qanday toşma toşmagan va daraxt çangidan biror marta aksa urmagan bölsangiz ham, bu allergiya sizni çeklab ötib ketgan degani emas.

Şuning uçun, mabodo allergiya boşlanganidan şubha paydo bölsa, adaşmayotgan bölişingiz mumkin. Lekin antigistaminlarga murojaat qilişdan oldin, bu aynan immun tizimining nosozligimi yoki boşqa bir kasallik alomatimi, aniqlaştiriş zarur.

Quyida qadam-baqadam keltirilgan batafsil yöriqnoma.

1. Özingizdagi alomatlarni allergiya belgilari bilan taqqoslab köring

Allergik reaksiyalar turli xil böladi. Biroq nisbatan tez-tez kuzatiladigan alomatlar guruhi mavjud:

  • burun bitişi;
  • allergik tumov — burun besabab oqadi;
  • quruq yötalning qutulib bölmaydigan xurujlari;
  • tuganmas aksirişlar;
  • qiçişib va yoşlanib turuvçi qizargan közlar;
  • iç ketişi;
  • köngil aynişi, qusişgaça;
  • teri qiçişi, asosan doğ, toşma va ba'zida şişlar paydo bölişi bilan boşlanadi.

Allergiyaning eng oğir bosqiçi — anafilaktik şok. Bu holatda organizmning allergenlarga nisbatan immun tomondan javobi inson hayotiga xavf tuğdiradigan darajada kuçli böladi. Agar siz yuz, lab, til, böyin sohalarida şiş va şuningdek nafas olişda qiyinçiliklar, boş aylanişi, holsizlikni sezsangiz darhol tez yordam çaqiring.