Özbekiston bank sektorida yangi jiddiy raqobatçi paydo böldi. Qozoğistonning yetakçi banki – «Qozoğiston Xalq banki» Toşkentda özining şö'ba bankini oçdi. Poytaxtning Hyatt Regency mehmonxonasida Qozoğistonning xalqaro Halyk («Qozoğiston Xalq banki» AJ – Halyk Bank) guruhi yuqori lavozimli rahbariyati, yirik bölinmalari, filiallari va Qozoğiston, Gruziya, Rossiya, Qirğiziston va Tojikistondagi şö'ba taşkilotlarining rahbarlari iştirokida taşkil etilgan  safardagi kengaşi doirasida öz imkoniyatlarining taqdimotini ötkazdi. Unda OAV vakillari ham iştirok etdi.

Anjuman doirasida uçraşuvlar bölib ötdi, ilğor tajriba almaşiş taşkil etildi, «Halyk» guruhini rivojlantirişning dolzarb masalalari muhokama qilindi. Tadbir qatnaşçilari biznes namoyondalari bilan töğridan-töğri aloqalarni yölga qöyiş masalalarini muhokama qilişib, Özbekiston madaniyati bilan tanişişdi.

Anjuman iştirokçilariga guruhning yaqinda Özbekistonda öz faoliyatini boşlagan şö'ba banki – «Tenge Bank» ATB taniştirildi. Ma'lum qilinişiça, rejaga muvofiq, Bank ilk bosqiçda yuridik şaxslarga faol xizmat körsatiş, hisob-kassa amaliyotlarini bajariş, SWIFT tizimi orqali xalqaro pul ötkazmalarini amalga oşiriş va şu kabi boşqa xizmatlarni körsata boşlagan.

«Biz faoliyatimizning ilk kunlaridanoq, mahalliy kompaniyalar tomonidan xizmatlarimizga katta qiziqişni kuzatmoqdamiz. Öz navbatida, biz Halyk Guruhi mijozlarga ixtiyoridagi ulkan imkoniyatlar röyxatini taqdim etişni rejalaştirmoqda, - deya qayd etdi Tenge Bank boşqaruvi raisi Aslan Talpakov. – Biz, şuningdek, munosib transçegeraviy hisob-kitoblar va savdo-sotiqni moliyalaştirişning zamonaviy instrumentlarini taklif etamiz».