«Maxsustrans»ning yangilangan maxsustrans.uz veb sayti işga tuşirildi.
Yangi saytga dastlabki bosqiçda ma'lumotlar faqat ikki til — rus va özbek tilida joylanadi. Saytning “Maxsustrans” xizmatidan foydalanadigan aholi uçun imkoniyatlari ortgan.
Köriniş jihatdan ham sayt mutlaqo yangi dizaynga ega. Endilikda fuqarolar mazkur saytdan nafaqat kompaniya hamda körsatilayotgan xizmatlar haqida ma'lumot olişi mumkin, balki unga özini qiynayotgan savollarni yozib qoldirişi mumkin.
Aytaylik, uyi oldida doimiy ravişda çiqindi töplanib qolmoqda yoxud qurilişdan söng quriliş çiqindilarini qayerga olib çiqişni bilmayotgan fuqarolar saytdagi forum orqali özini qiziqtirayotgan murojaat va savolni qoldirişi mumkin, mazkur murojaat tez fursatda korxona mutaxassislari tomonidan körib çiqiladi hamda javob qaytariladi.
Forumda şuningdek boşqa fuqarolar tomonidan qoldirilgan savollar va uning javoblari bilan ham tanişiş mumkin böladi.
Şuningdek saytda sohaga doir sönggi qaror va loyihalar ham örin oladi. Hozirda veb-saytning ingliz tilidagi talqini ham işlab çiqilmoqda.












