2019 yil 23 iyul kuni Navoiy şahar Tolstoy köçasida yaşovçi 25 yoşli A.G. ismli ayol IIBga murojaat qilgan, deb xabar bermoqda Özbekiston Respublikasi IIV Jamoatçilik va OAV bilan aloqalar boşqarmasi.
U şu yil 22 iyul kuni soat 21:00larda noma'lum şaxs internet tarmoği orqali “OLX” saytiga stol-stuldan iborat uy jihozlarini sotiş maqsadida bergan e'loni bilan tanişib söng, +7905036**** va +7905036**** raqamlaridan telefon qilib, özini “Sergey” deb taniştirganini va berilgan e'londagi buyumlarini sotib olmoqçiligini, pullarni A.G.ning plastik kartasiga ötkazib berişini aytib, uning nomida bölgan plastik kartasining raqamlarini olib, kartasidan 14 600 000 söm pulini yeçib, olganligini ma'lum qilgan.
Holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
“Hurmatli fuqarolar, agarda sizga noma'lum şaxslar internet tarmoği orqali arzon narxdagi mahsulotlarni taklif qilsa yoki masofadan turib tölovlarni amalga oşirib beraman, deb aytsa hisob raqamlaringiz va plastik kartoçkangizning maxfiy kodlarini taqdim qilmang! Çunki ana şunday şaxslarning aksariyati firibgarlik yöli bilan pullarni özlaştirib olmoqda. Bu kabi holatlar avval ham yuz bergani bois biz bu haqida saytimiz orqali ogohlantirgan edik. Huşyor böling, ogohlik va sergaklik siz va yaqinlaringizning moliyaviy xavfsizligining garovidir”, - deyiladi IIV xabarida.












