Toşkent şahrida ötgan sutka davomida 4 ta yonğin holati qayd etilgan bölib, şulardan 1 tasi qurigan ösimlik va çiqindilarni yonişi bilan boğliq bölgan yonğinni taşkil etmoqda. Yonğinlarda insonlarni halok böliş va tan jarohati oliş holatlari qayd etilmadi.

Toşkent şahar Yonğin xavfsizligi boşqarmasi xabariga köra, 2019 yil 28 avgust kuni soat 16:56da, Şayxontohur tumani, Sebzor köçasi 7-uy qarşisida, “Gazel” rusumli mikroavtobus motor va salon qismi yongan. 

Yonğin öçiriş jangovar bölinmalari çaqirilgan manzilga soat 17:01da yetib borgan va körilgan tezkor çora va harakatlar natijasida yonğin soat 17:08da bartaraf etilgan. 

Yonğin avtotransport vositasining elektr simlarini qisqa tutaşuvi oqibatida sodir bölgan, deb taxmin qilinmoqda. Yonğindan keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Yonğin joyiga 2 ta yonğin öçiriş texnikasi jalb qilingan.