Eron koinot markazi start maydonçasida raketa portlab ketdi. Bu haqda sun'iy yöldoşlardan olingan suratlarga iqtibos keltirgan holda Associated Press axborot agentligi xabar berdi.
29 avgustda olingan suratlarda Eronning Samnon viloyatida joylaşgan kosmodrom tasvirlangan. Suratlarda start maydonçasida qora tutun burqsirayotgani va raketaning tutayotgan qoldiqlarini köriş mumkin.


Ta'kidlanişiça, Eron yaqin kunlarda Nahid 1 sun'iy yöldoşini orbitaga çiqarişi kerak edi. Biroq hozirça portlagan raketa uşbu loyihaga aloqasi borligi-yöqligi noma'lum.
“Bu nima bölsa ham u portladi va siz uning tutayotgan qoldiqlarini körmoqdasiz”, deb suratlarga izoh bergan Montereydagi Midlberi xalqaro tadqiqotlar instituti katta ilmiy xodimi Devid Şmerler.
Yanvarda ham Eron sun'iy yöldoşni orbitaga olib çiqiş vaqtida muvaffaqiyatsizlikka uçragandi. Sun'iy yöldoş belgilangan orbitaga çiqmagan.
27 iyulda Erondagi imom Homayniy nomidagi yangi kosmodromdan “Semurğ” raketa-taşuvçisi uçirilgan. Eron uşbu parvozni muvaffaqyatli deb atagandi. Biroq AQŞ OAV razvedkadagi manbalarga iqtibos keltirgan holda raketa parvozi muvaffaqiyatsizlik bilan yakunlanganini ma'lum qilgan. AQŞ davlat departamentida raketaning sinovi iğvo deyilgan.
“Semurğ” oğirligi 250 kggaça bölgan sun'iy yöldoşlarni Yerdan 500 km balandlikkaça olib çiqişga möljallangan.












