Luis Enrikening 9 yoshli qizi vafot etdi

Foto: Getty Images
Ispaniya milliy jamoasi va «Barselona» bosh murabbiyi Luis Enrike 29 avgust tunida qizi Xana vafot etganini xabar qildi.
9 yoshli qiz so‘nggi 5 oy davomida suyak saratoniga qarshi kurashdi.
«Bizning qizimiz Xana bugun 9 yoshida suyak saratoni bilan 5 oylik kurashdan so‘ng vafot etdi. Ushbu oylar davomida muhabbatini namoyon qilgan va bizni tushungan barchadan minnatdormiz.
San-Xuan-de-Deu va San-Pau kasalxonasi xodimlariga sadoqati va g‘amxo‘rligi uchun minnatdorchilik bildiramiz. Shifokorlar, hamshiralar va barcha ko‘ngillilarga rahmat.
Xana, biz seni sog‘inamiz, hayotimizning har kuni seni eslaymiz va yana uchrashamiz degan umiddamiz. Sen oilamizning yo‘lchi yulduzisan.
Tinch orom ol, Xanita. Sening oilang», –deb yozadi Luis Enrike o‘z «tvitter»ida.
Eslatib o‘tamiz, iyun oyida Luis Enrike Ispaniya milliy jamoasi bosh murabbiyi lavozimidan iste'foga chiqqan edi. 49 yoshli mutaxassis oilaviy sabablar tufayli jamoaning 3ta o‘yinini o‘tkazib yuborgan edi. Ispaniyani uning yordamchisi Robert Moreno boshqarmoqda.
Tavsiya etamiz
🔴 LIVE: OTMga kirish imtihonlari qanday o‘tadi? – Kun.uz'da qabulga oid eng muhim savollar yuzasidan jonli efir
O‘zbekiston | 10:25
Urushga qo‘shilgan AQSh, «butun Ukraina bizniki» degan Putin – hafta dayjesti
Jahon | 18:52 / 22.06.2025
Yoz jaziramasi davom etadi: 10 kunlik ob-havo prognozi
O‘zbekiston | 17:56 / 20.06.2025
“Badavlat ayol” loyihasida kim badavlat bo‘lyapti?
Jamiyat | 21:46 / 19.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Isroil Eron bilan urushda sulhga erishilganini tasdiqladi
Jahon | 11:52
-
Elektr iste’moli yuqori 18 ta tarmoq o‘zini o‘zi energiya bilan ta’minlaydigan tizimga o‘tkaziladi
O‘zbekiston | 11:49
-
Eron tashqi ishlar vaziri Isroilga qarshi amaliyotlar yakuniga e’tibor qaratdi
Jahon | 11:44
-
Eron va Isroil Trampning bayonotlaridan keyin ham bir-biriga zarba berishda davom etdi
Jahon | 11:41
Mavzuga oid

21:20 / 31.05.2025
Qizaloq va Lucho: bir muhabbat tarixi

20:20 / 05.07.2023
Luis Enrike – «PSJ» bosh murabbiyi

16:55 / 08.12.2022
Luis Enrike Ispaniya milliy jamoasi bilan xayrlashdi

18:38 / 19.11.2019