Bugun Çempionlar ligasi guruh bosqiçiga qur'a taşlaş marosimi vaqtida ötgan mavsumning eng yaxşi futbolçilari ham taqdirlanadi. Asosiy sovrin - «Kumuş futbolka»ga Lionel Messi, Kriştianu Ronaldu va Virjiyl van Deyk da'vogar. Leo va Kriştianu — har doimgiday. Bu oxirgi safarmi? Sport-Ekspress kolumnisti şu haqda töxtaldi.

U tabassum qildi, u jiddiy qiyofa bilan uning qölidan tutib yurdi. Danni Koster va Jordi Kroyf. Yoxan Kroyfning bevasi va uning öğli. Ular seşanba oqşomida «Barselona»ning boşqa köplab vakillari bilan birga buyuk niderland futbolçisi şarafiga nomlangan stadionning oçilişida qatnaşişdi.

Yoxan Kroyf keçagina yevrokuboklarning navbatdagi mavsumi arafasidagi tadbirlarda qatnaşib yurardi. Tirik va yangi ğoyalar bilan. Keyin u dorilbaqoga rixlat etdi. Ammo undan nom, meros, futbol falsafasi qoldi.

Şuningdek, uning ğoyalarini amalda qöllaydigan murabbiylar va futbolçilar. Ulardan biri — Messi. U köp yillardan buyon paslarga asoslangan aqlli va çiroyli futboli bilan muxlislarni xursand qilişdan çarçamay kelmoqda.

Va uning asosiy raqobatçisi Ronaldu ham millionlab muxlislarni futbolga mahliyo qilib kelmoqda, hamma kim zörroqligi — argentinalikmi yoki portugaliyalik — bahs olib boradi.

Albatta, yana boşqa futbolçilar ham bor — Janluiji Buffon, Luis Suares, Frank Riberi, Garet Beyl, Antuan Grizmann... Hamişa duyetga bir futbolçi qöşilib trio hosil qilib kelgan. Ammo ular emas, aynan Messi va Ronaldu zamonaviy futbolning timsollari bölib kelişmoqda.

Pas va dribling atletizm hamda tezlikka qarşi. Tuğma talant va aql bovar qilmas mehnatkaşlik. Ular mutlaqo bir-biriga öxşamaydi va bir xil darajada maşhur.

Lekin vaqt şafqatsiz. Messi «Barsa»ning yangi umidi Ansu Fatiga fotiha berdi. Ronaldu kelajakning eng yaxşilaridan biri bölişga nomzod Matteys de Ligtni qöllamoqda. Garçi, hozirça ular bu yoş futbolçilar bilan yelkama-yelka töp surişmagan bölişsada.

Hozirça... Ammo, afsuski, bu «hozirça» ham çegaralangan — bir, ikki yoki uç yil. Ehtimol, Lionel va Kriştianu örtasidagi öziga xos futbol ringi bu yil oxirgi marta kuzatilar? Van Deykmi? Hatto «Kumuş futbolka» unga nasib qilsa ham, «Barsa» va «Yuve» vakillari eng yaxşilar sifatida e'tirof etilaveradi.

Bizda ularning öyinidan zavqlaniş uçun köp muddat qolmadi. Har lahzani qadrlang, Messi va Ronaldu iştirokidagi har bir öyinni köring. Keyin boşqa bunday bölmasligi mumkin. Yangilar keladi, ammo ular boşqalar böladi. Biz esa kelgusi avlodlarga Lionelning aqlga siğmas yurişlariyu Kriştianuning haddan taşqari gözal gollari, Messining mayin jilmayişi va Ronaldu yorqin tabassumi haqida hikoya qilib beramiz.

Kimlar ovoz berdi
2018/19 yilgi mavsumning eng yaxşilari Çempionlar ligasi va Yevropa Ligasida iştirok etgan jamoalarning 80 nafar murabbiylari va UYeFA tasarrufidagi ligalardan bölgan 55 nafar jurnalist bergan ovozlar orqali aniqlangan.

Önlikka kimlar kirgandi
Messi, Ronaldu va van Deykdan taşqari Alisson, Sadio Mane, Muhammad Saloh (barçasi — «Liverpul»), Eden Azar («Çelsi»/«Real»), Mattays de Ligt («Ayaks»/«Yuventus»), Frenki de Yong («Ayaks»/«Barselona») va Rahim Sterling («Mançester Siti») ham respondentlarning nisbatan köproq ovozlariga ega bölgandi.

Boşqa mukofotlarga kimlar da'vogar
Eng yaxşi darvozabon böliş uçun Alisson, Yugo Lloris, Mark-Andre ter Ştegen da'vogar.

Eng yaxşi himoyaçi Trent Aleksandr-Arnold, Matteys de Ligt yoki Virjiyl van Deykdan biri bölişi mumkin.

Eng yaxşi yarimhimoyaçi sovrini uçun Frenki de Yong, Kristian Eriksen va Jordan Henderson örtasida raqobat keçgan.

Eng yaxşi hujumçi Sadio Mane, Lionel Messi yoki Kriştianu Ronaldu.

Eng yaxşi futbolçi ayol mukofoti Lyusi Bronz, Ada Xegerberg yoki Amandin Anriga tegadi.

Yevropa Ligasining eng yaxşi futbolçisi böliş uçun nomzodlar uçligi Olive Jiru, Eden Azar va Luka Yoviçdan iborat.

UYeFA prezidentining maxsus sovğasi Erik Kantonaga beriladi.

Avvalgi mavsumlarda eng yaxşi futbolçilar uçligi quyidagiça bölgan:
2010/11 yilgi mavsum: Messi, Xavi, Ronaldu
2011/12 yilgi mavsum: Inesta, Messi, Ronaldu
2012/13 yilgi mavsum: Riberi, Messi, Ronaldu
2013/14 yilgi mavsum: Ronaldu, Noyyer, Robben
2014/15 yilgi mavsum: Messi, Suares, Ronaldu
2015/16 yilgi mavsum: Ronaldu, Grizmann, Beyl
2016/17 yilgi mavsum: Ronaldu, Messi, Buffon
2017/18 yilgi mavsum: Modriç, Ronaldu, Saloh