Pop va Mingbuloqdagi yerlar bo‘yicha hukumat qarori qabul qilinadi

Namangan viloyati
Vazirlar Mahkamasining “Namangan viloyatining Pop va Mingbuloq tumanlarida foydalanishdan chiqqan yerlarni foydalanishga kiritishni davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi muhokama uchun e'lon qilindi.
Namangan viloyatining Pop va Mingbuloq tumanlarida qayta tiklanadigan va foydalanishga kiritiladigan yer maydonlarining manzilli ro‘yxati tasdiqlanishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligiga O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi va Namangan viloyati hokimligi bilan kelishgan holda, manzilli ro‘yxatga, zaruratga ko‘ra, o‘zgartirishlar kiritish huquqi beriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi hamda Namangan viloyati hokimligi:
Namangan viloyatining Pop va Mingbuloq tumanlaridagi qayta tiklanadigan va foydalanishga kiritiladigan yer maydonlarida yaratiladigan infrastrukturaning davlat-xususiy sheriklik loyihalarini ishlab chiqishni tender asosida tashkil etishda loyiha buyurtmachiga ko‘maklashadi;
Bunda Namangan viloyati hokimligi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi – loyiha buyurtmachi etib belgilanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi va O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi bilan birgalikda davlat-xususiy sheriklik loyihasining konsepsiyasini ishlab chiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlanishini ta'minlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi:
2019 yil 15 oktyabrga qadar davlat-xususiy sheriklik bitimlarini tuzish huquqini beruvchi tender e'lon qilsin va uni o‘tkazishda tender mezonlari talablariga qat'iy rioya etilishini;
tender o‘tkazish to‘g‘risidagi e'lonni ommaviy axborot vositalarida hamda davlat sherigining rasmiy veb-saytida e'lon qilinishini ta'minlaydi.
Belgilanishicha:
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi loyiha bo‘yicha davlat sherigi hisoblanadi;
davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitim O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan o‘tkaziladigan tender natijalariga ko‘ra tuziladi;
loyihani amalga oshirish doirasida davlat xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitim tuzgan xususiy sherikka O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xo‘jaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019 yil 17 iyundagi PF–5742-son Farmonida belgilangan imtiyozlar tatbiq etiladi;
Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligiga davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirishda, shu jumladan bitimlari hamda tender hujjatlarini ishlab chiqishda ko‘maklashish yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklanadi.
Quyidagilar davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida Namangan viloyatining Pop va Mingbuloq tumanlarida foydalanishdan chiqqan yerlarini foydalanishga kiritish loyihalarini moliyalashtirish manbalari etib belgilanadi:
xususiy-sherikning mablag‘lari;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Namangan viloyatining Pop va Mingbuloq tumanlarida davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimlarni tuzish bo‘yicha tanlovlarni o‘tkazish komissiyasi a'zolari ro‘yxati tasdiqlanadi.
Komissiyaga quyidagi vazifalar yuklanadi:
Namangan viloyatining Pop va Mingbuloq tumanlarida davlat-xususiy sheriklik loyihalarini ko‘rib chiqish, ma'qullash, rad qilish yoki qayta ishlash haqida qarorlar qabul qilish;
davlat-xususiy sheriklik bitimi loyihasini, zarur hujjatlar to‘plamini ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligiga taqdim qilish;
davlat-xususiy sheriklik loyihasini Agentlik bilan birgalikda keyinchalik tanlov komissiyasiga kiritish maqsadida baholash;
tanlov komissiyasi tomonidan davlat-xususiy sheriklik loyihasi ma'qullanganidan so‘ng barcha moliyaviy va iqtisodiy tavsiflari kiritilgan holda loyihani amalga oshirish haqida tegishli qaror qabul qilish;
belgilangan tartibda tanlov hujjatlarini ishlab chiqish, tanlovni tashkil etish va o‘tkazish hamda uning yakunlari bo‘yicha xususiy sherik bilan tegishli davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida bitim tuzish choralarini ko‘rish;
Agentlik bilan birgalikda davlat-xususiy sheriklik loyihasi, uni tayyorlash va amalga oshirish hamda xususiy sheriklarni tanlash haqidagi ma'lumotning Agentlikning butunjahon Internet axborot tarmog‘idagi rasmiy veb-saytida joylashtirilishini ta'minlaydi.
Tavsiya etamiz
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiya deyarli barcha demografik statistikani maxfiylashtirdi
Jahon | 23:25 / 05.07.2025
-
O‘zbekiston, Ozarboyjon va Qozog‘iston «yashil energiya» yo‘lagi bo‘yicha qo‘shma korxona tashkil etdi
Iqtisodiyot | 23:07 / 05.07.2025
-
Buyuk Britaniya Suriya bilan diplomatik munosabatlarni tikladi
Jahon | 22:45 / 05.07.2025
-
Toshkentda tilanchilik bilan shug‘ullangan 70 kishiga ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi
Jamiyat | 22:35 / 05.07.2025
Mavzuga oid

12:52 / 24.06.2025
8 sotix yerni 130 mln so‘mga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

17:15 / 10.06.2025
“Ekishni xohlamaganlarning yeri xitoyliklarga beriladi” – Urgutda fermerlar shunday ogohlantirildi

13:48 / 18.04.2025
Hududlarda yer sotish bilan bog‘liq noqonuniy holatlar aniqlandi

16:12 / 31.03.2025