Özbekiston Yoşlar Ittifoqi raisi Qahramon Quronboyev öz vazifasidan ozod etildi. Bu haqda Kun.uz manbasi ma'lum qildi. Bugun, 29 avgust kuni taşkilotda yiğiliş ötkazilgan va unda Quronboyev işdan ketgani e'lon qilingan.

Qahramon Quronboyev 2017 yil 30 iyunda taşkil etilgan Yoşlar Ittifoqi faoliyat boşlaganidan buyon harakatga rahbarlik qilib keladi. Yoşlar Ittifoqi sobiq «Kamolot» yoşlar ijtimoiy harakati negizida taşkil etilgandi.

Qahramon Quronboyev 2018 yil 5 iyun kuni vodiyda kelin-kuyovning töy kortejini töxtatib, ularni taksiga ötirğizib yuborganini OAV bilan uçraşuv vaqtida aytganidan söng keskin tanqidlar ostida qolib ketgan va Quronboyevning bu harakatini prezident Şavkat Mirziyeyov ham qoralagandi.

Quronboyevning yangi lavozimi ham aniq. U davlat xizmati va davlat hokimiyati organlari bilan hamkorlik qiliş masalalari böyiça prezident  maslahatçisining birinçi örinbosari lavozimiga tayinlandi.