Ukraina prezidenti ma'muriyati rahbari örinbosari Aleksey Gonçaruk Oliy Rada tomonidan mamlakat boş vaziri lavozimiga tasdiqlandi. Uning nomzodi 450 nafar deputatning 290 nafari tomonidan ma'qullandi.

Aleksey Gonçaruk
Sergey Supinskiy / AFP / Scanpix / LETA

Ayni vaqtda 35 yoşda bölgan Gonçaruk Ukraina tarixidagi eng yoş boş vazir böldi. U bu lavozimda 2016 yildan buyon işlab kelgan Vladimir Groysman örnini egalladi. Groysman hukumat tepasiga kelganida 38 yoşda edi.

Gonçarukni hukumat rahbarligiga tayinlaşni Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy parlamentga murojaati davomida tavsiya qilgandi.

Deputatlar mamlakatning yangi mudofaa vazirini ham saylaşdi - bu lavozimni Zelenskiyning maslahatçilaridan biri Andrey Zagorodnyuk egalladi. Ukrainaning NATO qoşidagi missiyasining sobiq rahbari Vadim Pristayko esa Taşqi işlar vaziri böldi.

29 avgust kuni Oliy Rada töqqizinçi çaqiriqning birinçi yiğilişi ötkazilmoqda. Bugun parlamentga spiker ham saylandi — u «Sluga naroda» partiyasi rahbari Dmitriy Razumkov böldi. Bu lavozimga undan boşqa nomzod ilgari surilmagandi. 

Yangi tarkibdagi parlamentning birinçi iş kunida yangi tayinlovlar ham bölişi kutilmoqda.

Gonçaruk kim?

Sönggi vaqtlarda Gonçaruk Zelenskiyga deyarli barça safarlarida hamrohlik qilayotgandi ZUMA/TASS

Aleksey Gonçaruk - mutaxassisligi böyiça huquqşunos. U Xodimlarni boşqariş mintaqaviy akademiyasini tamomlagan. Bundan taşqari, Gonçaruk Ukraina prezidenti huzuridagi davlat boşqaruv akademiyasida tahsil olgan.

Yurist Gonçarukning iş faoliyati Gorodnyadagi oziq-ovqat mahsulotlari fabrikasida boşlagan. 2007 yilda u advokat maqomini olgan va özining Constructive Lawers yuridik firmasiga asos solgan, bu firma investitsiya va quriliş sohalarida xizmatlar körsatişga ixtisoslaşgandi.

Gonçarukning siyosatdagi debyuti omadsiz bölgandi: 2014 yilda u «Sila lyudey» partiyasi asosçilari qatorida bölgan va bu partiya Oliy Rada uçun saylovlarda atigi 0,1 foiz ovoz olgandi. Şundan söng, u bir qança vaqt davomida Poroşenko hukumatidagi Ekologiya va tabiiy resurslar vaziri Arseniy Yatsenyukning maslahatçisi sifatida işladi.