Ukrainaning yangi boş prokurori Ruslan Ryaboşapka 30 avgust tunida Ukraina va Rossiya örtasida asirlar almaşiş boşlanganini ma'lum qildi.
“Almaşiş yakunlandi: dengizçilar, Sensov, Karpyuk, Balux, Grib uyga qaytmoqdalar! Kutamiz!”, deyilgan Ryaboşapkaning feysbukdagi sahifasida.
Ukrainaga Kerç böğozida qölga olingan dengizçilar, 2014 yilda teraktlarni tayyorlaşda ayblanib qölga olingan ukrainalik rejissyor Oleg Sensov, Belarus hududida uşlangan 21 yoşli Pavel Grib, 2016 yil dekabrda Rossiyaning Federal xavfsizlik xizmati tomonidan uşlangan Vladimir Balux, 2014 yil martida qölga olingan Nikolay Karpyuk qaytmoqda.
Ayni vaqtda Rossiya tomoni bu ma'lumotni tasdiqlamagan.
Ma'lum qilinişiça, mahkumlarni Kiyevdagi Julyana aeroportida şaxsan Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy kutib oladi.
Rossiya va Ukraina prezidentlari Vladimir Putin va Vladimir Zelenskiy örtasida 12 iyulda ötgan ilk telefon muloqotida Donbassdagi vaziyat, asirlar almaşiş, normand formatidagi muzokaralar muhokama qilingandi.
Iyul örtalarida Ukraina va Rossiyaning inson huquqlari böyiça vakillari Rossiya va Ukrainada uşlab turilgan mahkumlar röyxatlari bilan özaro almaşişgan. Ukraina röyxatida Rossiya tomonidan 150, Rossiya röyxatida Ukraina tomonidan 34 mahkum uşlab turilgani qayd qilingan.












