“Özbekiston Respublikasining Markaziy banki töğrisidagi Qonuniga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi qonun loyihasi işlab çiqildi va Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunçilik palatasi tomonidan joriy yil 17 avgust kuni qabul qilinib, Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga körib çiqiş uçun yuborilgan.

MB xabariga köra, mazkur Qonunning maqsadi Özbekiston Respublikasi Markaziy bankining huquqiy maqomi, funksiyalari, asosiy maqsadlari, vakolatlari, taşkil etilişi va faoliyati prinsiplarini belgilaş hamda uning faoliyatini taşkil etiş va tartibga solişdan iborat.

Bunda, Markaziy bankning boş maqsadi narxlar barqarorligini, bank tizimi hamda tölov tizimi barqarorligini ta'minlaş sifatida belgiladi.

Şu bilan birga, qonun loyihasida quyidagilar:

pul-kredit siyosati va uning instrumentlarini takomillaştiriş, pul-kredit sohasida amalga oşirilayotgan siyosat va çoralarning şaffofligini oşiriş;

Markaziy bankning boşqaruv sifatlari va banklarning risklarni boşqariş tizimiga ta'siri mexanizmlarini işlab çiqiş, ma'lumotlar yiğiş va tahlil qiliş tizimining samaradorligini oşiriş;

bank tizimining moliyaviy barqarorligini mustahkamlaş;

bank faoliyati mexanizmini tartibga solişni takomillaştiriş va ularning boşlanğiç bosqiçlarida muammolarni aniqlaş hamda samarali çoralarni qöllaş, şu jumladan, Markaziy bank tomonidan banklarni, mikrokredit taşkilotlarni, lombardlarni va bank guruhlarini litsenziyalaşda, tartibda solişda va nazoratni amalga oşirişda asoslantirilgan mulohaza işlatilişi;

Markaziy bank faoliyati nazorat tizimini muvofiqlaştiriş maqsadida uç a'zodan, jumladan, bir mustaqil a'zodan iborat bölgan Auditorlik qömitasi taşkil etilişi;

Markaziy bank faoliyatining oçiqligi, şaffofligi va oşkoraligini ta'minlaş uçun Markaziy bank boşqaruviga Markaziy bank raisining taqdimnomasiga asosan Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengaşi tasdiqlaydigan ikkita mustaqil Boşqaruv a'zolari kiritilişi;

pul-kredit siyosatining asosiy uning interpretatsiyasi va körsatkiçlarini, şu jumladan pul massasining tarkibini va dinamikasini, bank tizimining statistik ma'lumotlarini, Markaziy bankning faoliyatini umumlaştirilgan ma'lumotlarni ommaviy axborot vositalarida e'lon qilişi;