Namangan viloyatining Töraqörğon tumanida «Odil Ahmedov futbol akademiyasi» iş boşladi.

Uning tantanali oçiliş marosimi çinakam bayramona ruhda taşkil etildi. Marosimda Namangan viloyati hokimi Xayrullo Bozorov sözga çiqib, akademiya işiga omad tiladi.

Futbol akademiyasi talantli yoş sportçilarni Yevropa tizimi asosida tarbiyalaşni maqsad qilgan. Maskanda iqtidorlarni bugungi dunyo futboli darajasidagi öyinçilar etib tayyorlaş uçun köhna qit'aning yetakçi mutaxassislari yordamida futbol sirlari örgatiladi.

Akademiya murabbiylariga Italiya futbol universitetining yetakçi mutaxassislari öz tizimlari asosida iş olib boriş böyiça uslubiy dasturini taqdim qilişgan. Ular bolalar bilan aynan şu dastur doirasida iş olib borişmoqda.

Noyabr oyida futbol akademiyasiga Italiya futbol universiteti direktori va murabbiyi Daniel Andreotssi taşrif buyuradi. U ikki hafta davomida dastur böyiça olib borilayotgan işlar bilan tanişadi.

Saralangan murabbiylar guruhi özbek futbolida ma'lum yutuqlarga erişgan futbolçilardan taşkil topgan. Özbekiston hududidagi yoş iqtidorlarni kaşf qilişni öz oldiga maqsad qilgan «Odil Ahmedov akademiyasi» ayni paytda yettita viloyatda iş olib bormoqda.  

Akademiyaning asosiy maqsadi – özbek futbolçilarini jahon futboli darajasida tarbiyalab, ularning xizmatini çet el klublariga taqdim qilişdir.

Akademiya oktabr oyida xalqaro turnir va yoş futbolçilar örtasida «Vodiy ligasi» musobaqasini ötkazişni rejalaştirgan.  

Oçiliş marosimida viloyat hokimi Xayrullo Bozorov va Odil Ahmedov stadion darvozasidagi ramziy lentani kesib, darvozaga töp yöllaşdi.

Şundan söng maydonda «Odil Ahmedov akademiyasi» murabbiylari va «Navbahor»ning ötmiş yulduzlaridan taşkil topgan jamoalar örtasida futbol bahsi ötkazildi.