Özbekiston Respublikasi prezidenti “Yoşlarni ilm-fan sohasiga jalb etiş va ularning taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş tizimini takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarorni imzoladi.
Özbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlaniş vazirligi, Fanlar akademiyasi, Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi hamda Özbekiston yoşlar ittifoqining:
Özbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlaniş vazirligi huzurida Yoşlar akademiyasini yuridik şaxs maqomisiz taşkil etiş;
Yoşlar akademiyasiga rahbarlikni Özbekiston Respublikasi innovatsion rivojlaniş vazirining birinçi örinbosariga yuklaş;
Yoşlar akademiyasiga özlarining innovatsion loyihalari va ğoyalariga ega iqtidorli yoşlar va talabalar, 40 yoşgaça bölgan olimlar va tadbirkorlardan taşkil topgan jamoalarni tanlov asosida qabul qiliş töğrisidagi taklifiga rozilik berildi.
Belgilanişiça, Yoşlar akademiyasining jamoalari a'zolari Yoşlar akademiyasi a'zolari hisoblanadi.
Yoşlar akademiyasining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi:
davlat va xöjalik boşqaruvi organlari, ilmiy-tadqiqot va ta'lim muassasalari bilan hamkorlikda yoşlarning ijodiy, intellektual va tadbirkorlik salohiyatini oşiriş;
iqtidorli va taşabbuskor yoşlar böyiça yagona ma'lumotlar bazasini şakllantiriş va muntazam yangilab boriş hamda ularning mamlakatning yetakçi olimlari va işbilarmonlari bilan hamkorligini ta'minlaş;
ilmiy-tadqiqotlarni bajariş iştiyoqiga ega iqtidorli yoşlarni qöllab-quvvatlaş, amaliy va innovatsion tadqiqotlarni olib borişlariga imkon yaratiş, yangi avlod yoş olimlarini tayyorlaş böyiça tizimli işlarni amalga oşiriş;
yoş olimlar tomonidan aniq vazifalarni hal etişga, içki va taşqi bozorlarda talab yuqori bölgan ilğor texnologik işlanmalarni işlab çiqişga qulay şaroitlar yaratiş;
ilmiy-innovatsion akselerator va biznes-inkubatorlarni taşkil etiş asosida taşabbuskor yoşlarni tadbirkorlik faoliyatiga yönaltiriş;
yoşlarning startap loyihalarini xöjalik boşqaruvi organlari va davlat uluşi mavjud korxonalarni izçil rivojlantiriş böyiça zamon talablariga javob beradigan, tijoratlaştiriş darajasi yuqori bölgan mahsulotlar va xizmatlarni işlab çiqarişga yönaltiriş;
iqtidorli yoşlarning rivojlangan xorijiy mamlakatlarning nufuzli ilmiy markazlari, universitetlari, texnoparklari va işlab çiqariş korxonalarida malaka oşirişlariga kömaklaşiş;













