Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Shahidlar xotirasi xiyoboniga tashrif buyurib, qatag‘on qurbonlarini yod etish marosimida ishtirok etdi
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev 31 avgust kuni erta tongda Shahidlar xotirasi xiyoboniga tashrif buyurib, qatag‘on qurbonlarini yod etish marosimida ishtirok etdi.


Prezident matbuot xizmati xabarida aytilishicha, Qur'on tilovat etilib, xalqimiz ozodligi uchun fido bo‘lgan insonlar haqiga duo qilindi. An'anaga ko‘ra, elga osh tortildi.
Xiyobondagi ramziy qabr yonida nuroniylar, ulamo va ziyolilar bilan muloqot bo‘lib o‘tdi.
Fidoyi va vatanparvar bobolarimizning hayoti va merosini o‘rganish, xotirasini abadiylashtirishga katta e'tibor qaratilayotgani qayd etildi. Mamlakatdagi tinchlik, erkinlik va to‘kinlikning qadriga yetish, diling Allohda, qo‘ling mehnatda bo‘lsin degan g‘oyaga amal qilib, hamma sohalarni rivojlantirishga intilish, yoshlarni keng dunyoqarashli, vatanparvar insonlar qilib tarbiyalash muhimligi ta'kidlandi.













Mavzuga oid
12:39 / 26.08.2025
Samarqandda Iordaniya podshohini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi
22:39 / 25.08.2025
Iordaniya podshohi Samarqandda «Boqiy shahar» tarixiy-etnografik majmuasini tomosha qildi
21:50 / 25.08.2025
Shavkat Mirziyoyev Iordaniya podshohi bilan Samarqandning tarixiy obidalarini tomosha qildi
19:03 / 25.08.2025