Davlat rahbari xalqning boy madaniy merosi va şonli tarixi butun dunyoda haqli ravişda katta qiziqiş uyğotişini qayd etdi. Sönggi yillarda uşbu bebaho boylikni tiklaş, asrab-avaylaş va keng tarğib qiliş böyiça tizimli işlar yölga qöyildi. Şu bilan birga, prezident zamonaviy sanʼatni ham izçil rivojlantiriş muhimligini taʼkidladi.

Taʼkidlanişiça, uşbu markaz Özbekistonda zamonaviy sanʼatga ixtisoslaşgan birinçi davlat muassasasidir. Şu bilan birga, u Markaziy Osiyoda körgazma, taʼlim, tadqiqot va maʼrifiy faoliyatni birlaştirgan bunday kölamdagi ilk madaniy majmua hisoblanadi.
Yangi markaz 1912-yilda meʼmor Vilgelm Geynselman loyihasi asosida barpo etilgan tarixiy binoda joylaşgan. Dastlab bu yerda tramvay deposi bölgan, keyinçalik binodan dizel elektr stansiyasi sifatida foydalanilgan.

Binoni restavratsiya qiliş böyiça meʼmoriy konsepsiya Fransiyaning «Studio KO» byurosi tomonidan işlab çiqilgan. Yangilaş jarayonida obyektning tarixiy qiyofasi va sanoat meʼmorçiligiga xos xususiyatlari saqlandi. Ayni paytda bino zamonaviy madaniy maskan talablariga moslaştirildi.
Prezident körgazma va taʼlim maydonlari, jamoat hududlarini közdan keçirdi. Majmuada uçraşuvlar va ommaviy dasturlar uçun maydonlar, konsept-dökon hamda restoran taşkil etilgan. Keng jamoatçilik uçun oçiq ixtisoslaştirilgan kutubxona va tadqiqot arxivida sanʼat, vizual madaniyat va tanqidiy nazariyaga oid adabiyotlar hamda materiallar jamlangan.

Markazda körgazmalar, leksiyalar, oçiq suhbat va muhokamalar, film namoyişlari, konsertlar, performanslar, ijodiy ustaxonalar va art-rezidensiya dasturlari taşkil etiladi. Uşbu dasturlar mahalliy ijodkorlar, kuratorlar, tadqiqotçilar va yoş mutaxassislarni qöllab-quvvatlaş, yangi kasbiy amaliyotlarni joriy etiş hamda keng jamoatçilikning zamonaviy sanʼatdan bahramand bölişi uçun imkoniyatlarni kengaytirişga qaratilgan.

















