Ukrainaning yangi bosh prokurori Ruslan Ryaboshapka har hafta amaldorlarni javobgarlikka tortmoqchiligini va “huquqiy ma'noda qon istayotganini” aytdi. Bu haqda Ukraina OAV xabar berdi.  
 
Ryaboshapkaning aytishicha, u davlatga o‘g‘irlangan mablag‘larni maksimal miqdorda qaytarmoqchi. 

“Biz tom ma'noda qon istamayapmiz, biroq huquqiy ma'noda qon istamoqdamiz. Har hafta yuqori lavozimli amaldorlardan biri javobgarlikka tortilishi kerak”, deb aytgan yangi bosh prokuror.

U aktivlarning qaytarilishini yaqin yillar uchun ustuvor vazifa deb atagan.