Hamyurtimiz Eldor Şomurodov Rossiyani zabt etişda davom etmoqda. Keça «Lokomotiv»ga qarşi öyinda özining ilk dublini nişonlagan hujumçi jamoasini turnir jadvalida peşqadamga aylanişiga yordam berdi. Özi esa gollari sonini 7taga yetkazib «Krilya Sovetov» hujumçisi Aleksandr Sobolevni quvib ötib, töpurarlar röyxatida yetakçi bölib oldi. Rossiyalik jurnalistlar Eldordan hayratda, kimdir unga maşhur hujumçilarga yaqin narx belgilasa, kimdir yaqin kelajakda Angliya yoki Germaniyada bemalol öynab keta olişini taxmin qilmoqda.

«Lokomotiv»ga qarşi öyindan oldin ham yaxşigina şov-şuv kötargan hujumçimiz haqida gol.ru saytida e'lon qilingan materialni e'tiboringizga havola qilamiz.

Eldor Şomurodov Rossiya çempionatida yangi mavsumning asosiy kaşfiyotlaridan biri bölib turibdi. U yetti öyinda beşta gol urdi («Loko»ga qarşi öyindan keyin 8 öyinda 7ta). Ötgan yili butun mavsum davomida (26 öyin) atigi 3ta gol muallifi bölgandi.

Bu ösişni boşqa jamoalar ham payqaşdi: hujumçi bilan TsSKA qiziqmoqda, «Galatasaroy» skautlari esa, ataylab, Şomurodovni körgani Rossiyaga kelişdi, unga Germaniyadan taklif borligi haqida xabarlar tarqalgan, rostovliklar Xitoydan kelgan taklifni esa rad etişgan. Bunday klublarning e'tibori - juda yaxşi maqtov. Ammo hozirça Şomurodov heç qayerga ketmoqçi emas. Bor e'tiborini «Rostov»ga qaratişi haqida Şomurodov köp marta ta'kidladi, uning agenti Qahhor esa, yaqinda TsSKA tomonidan bölayotgan qiziqişga munosabat bildirdi:

«TsSKA - Rossiyaning eng yaxşi klublaridan biri, lekin biz mamlakat içidagi takliflarga e'tibor qaratmayapmiz. Eldorning maqsadi Yevropada özini sinab köriş. U yerdan ham takliflar bor, lekin biz «Rostov»ni hurmat qilamiz va bu vaziyatda qarorni ular çiqarişi kerakligini tuşunamiz».

Qanotdan jokerlikkaça

Şomurodovning ketişiga boş murabbiy Valeriy Karpin ham qarşi, aynan uning qöl ostida futbolçi muhim figuraga aylanmoqda. Karpin uni Mirançuk va Ozmun bilan birgalikda liganing eng iqtidorli yoş futbolçilari ekanini aytgan va «men uçun Şomurodov 50 million yevro turadi. U har mavsumda 20dan ortiq gol uriş uçun barça imkoniyatga ega. Hozirça u buni uddalayapti, mehnat qilişda davom etişi kerak», deb qöşimça qilgan.