2019 yil 31 avgust kuni soat 05:30larda Samarqand viloyatining Iştixon tumanida yaşagan 30 yoşli A.B. boşqaruvidagi “Nexia” rusumli avtomaşinasini Kattaqörğon tumani “Balandravot” MFY hududidan ötuvçi “Samarqand-Buxoro” yölida haydab ketayotib, özidan oldinda harakatlanib ketayotgan Kattaqörğon tumanida yaşovçi 21 yoşli E.Ğ. boşqaruvidagi “KamAZ” rusumli yuk avtomaşinasining orqa qismiga urilib yöl-transport hodisasi sodir etgan.
Özbekiston Respublikasi IIV Jamoatçilik va OAV bilan aloqalar boşqarmasi xabariga köra, natijada “Nexia” avtomaşinasi haydovçisi A.B. jarohat olib voqea joyida vafot etgan va avtomaşinada yölovçi sifatida ketayotgan 28 yoşli singlisi N.X. jarohat olib kasalxonaga yotqizilib, körsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay vafot etgan.
Holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.












