Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Belarus o‘rtasida bitim kuchga kirdi
2019 yilning 2 sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Belarus Respublikasi Hukumati o‘rtasida bojxona ishlarida hamkorlik va o‘zaro yordam to‘g‘risidagi Bitim kuchga kirdi.
TIV xabariga ko‘ra, hujjat 2018 yil 13 sentabr kuni Belarus Respublikasi prezidenti Aleksandr Lukashenkoning O‘zbekistonga rasmiy tashrifi davomida imzolangan edi.
Mazkur hujjat bojxona qonunchiligi buzilishini oldini olish, surishtirish va unga qarshi kurashishda o‘zaro yordam ko‘rsatish tartibini belgilaydi. Ushbu Bitim doirasida ikki mamlakat bojxona organlari ularning hududlarida amaldagi bojxona qonunchiligini buzish maqsadida foydalanilgani yoki foydalanilishi mumkinligi to‘g‘risida ma'lumot yoki shubha mavjud bo‘lgan shaxslar, tovarlar va transport vositalari to‘g‘risida bir-birlariga ma'lumot taqdim etadilar.
Bitim ikki mamlakat bojxona organlari hamkorligini rivojlantirish va kengaytirish hamda bojxona huquqbuzarligini oldini olish sohasidagi hamkorlik bo‘yicha shartnomaviy-huquqiy bazani mustahkamlashga imkon beradi, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
10:00 / 01.07.2026
Andijonda do‘ppisi ichiga 35 ming dollar yashirgan yo‘lovchi ushlandi
21:34 / 13.06.2026
Andijonda oltinlarni turli nayranglar orqali olib kirishga uringan shaxslar to‘xtatib qolindi
09:50 / 12.06.2026
Ichki kiyimga yashirilgan giyohvandlik moddasi saqlovchi kapsulalar aniqlandi
09:00 / 01.06.2026