AQŞning yöl harakati xavfsizligi böyiça mutaxassislari muayyan brenddagi avtomobillar egalari bemulohazalik bilan maşina haydaşga moyilroq ekanliklarini aniqlaşdi. Ular ölim bilan tugovçi avtohalokatlarning uçta eng keng tarqalgan sababini (tezlikni oşiriş, spirtli içimlik va giyohvand moddalar iste'mol qiliş) aniqlaşdi va qanday markadagi avtomobillar avtohalokatlar xronikasida kamroq qayd qilinganini örganişdi.

Tadqiqot natijasiga köra, umumiy töqnaşuvlar orasida Infiniti avtomobillari iştirokidagi töqnaşuvlarning har uçinçisiga tezlikning oşirilişi, har ikkinçisiga maşinani mast holatda boşqariş, 5 foiziga haydovçi tomonidan giyohvand modda iste'mol qilinişi sabab bölgan. 

Acura, Mercedes-Benz va Lexus brendlari avtomobillari ham avtohalokatlar böyiça yuqori körsatkiçlarga ega. Bundan mutaxassislar bemulohazalik bilan maşina haydaş qimmatbaho avtomobillar egalariga köproq moyilligi haqidagi xulosaga kelişgan. Taqqoslaş uçun, qimmatbaho maşinalar hissasiga tezlikni oşiriş sababli yuz beruvçi avtohalokatlarning 27 foizi, ommaviy segment modellariga esa 25 foizi töğri kelgan. 

Şuningdek, Osiyo va nemis brendlari maşinalari xavfli haydaş sababli köproq qayd qilinişi kuzatiladi. Misol uçun, Mitsubishi, Volkswagen va Honda avtomobillari iştirokida yuz bergan 10 ta avariyadan taxminan 3 tasi tezlikni oşiriş bilan boğliq. Buick, Chrysler va Lincoln brendlarida bu körsatkiç ança past. 

Acura, Cadillac va Mercedes-Benz modellari mast holatda yöl-transport hodisasini sodir etiş böyiça yetakçi beştalikka kirgan, Pontiac va Mitsubishi avtomobillari esa yengil narkotik moddalar ta'siri ostida sodir etilgan avtohalokatlar reytingining eng yuqori poğonalarini egallagan.   

Tadqiqot uçun AQŞ yöl harakati xavfsizligi milliy ma'muriyatining 2017 yil uçun ma'lumotlari asos qilib olingan.