AQŞ prezidenti Donald Tramp 2020 yilda prezident lavozimiga qayta saylangandan keyin Xitoy bilan savdo bitimi şartlarini yanada qat'iylaştirişga va'da berdi.
Öz ğalabasiga işonayotgan Tramp Xitoyga öz biznesi uçun falokatli oqibatlardan qoçiş uçun qarorni qabul qilişda şoşişni va muzokaralarda könuvçanroq bölişni tavsiya qilgan.
“Men ğalaba qozonsam, Xitoy bilan nima bölişini bir öylab köring. Bitim yanada qat'iyroq böladi! Şu bilan birga ta'minotçilar tarmoği va biznes, iş örinlari qulaydi va pullar ğoyib böladi!”, deb yozgan Tramp tvitterda.
Uning ta'kidlaşiça, agar saylovlarda demokratlar partiyasi nomzodi ğolib bölsa, Xitoy AQŞni Barak Obama vaqtidagidek “talon-taroj qilişni” davom ettiradi. Trampning aytişiça, avvalgi ma'muriyat faoliyati davomida mamlakat boşqa davlatlarga berilgan savdo imtiyozlari sababli yiliga 600 mlrd dollar yöqotgan.












