Belarus Ukraina bilan çegarasini töliq yopdi. Belarus prezidenti Aleksandr Lukaşenkoning ta'kidlaşiça, bunga Ukrainadan qurol kirib kelayotgani sabab bölgan.
“Biz öz inilarimiz, bizga yaqin odamlar bilan çegarani azaldan 1-raqamli duşman bölib köringan NATOdan ham ziçroq yopişga majbur böldik”, deb aytgan Lukaşenko Minskda ötgan terrorçilikka qarşi innovatsion yondaşuvlar bilan kuraşiş böyiça xalqaro anjumanda.
U agar bu qurol “oddiy va ayniqsa millatçi kayfiyatdagi odamlar qöliga tuşsa, terrorçilikni kutaver” deb aytgan.
Belarus davlat çegarasi qömitasida ma'lum qilinişiça, 2018 yilda Ukraina bilan çegarada 800 dan köproq öq-dori va 76 ta qurol musodara qilingan. Öşanda Lukaşenko davlatning janubiy sarhadlari qöriqlanişini kuçaytirişni buyurgan va çegaraçilar soni oşirilişi mumkinligini aytgan.












