«PSJ» hujumçisi Neymar va «Barselona» bir-birini sudga berdi. AS naşri ma'lumotiga köra, futbolçi fransuzlar klubiga ötişidan oldin katalonlar jamoasidan 40 mln yevro miqdorida bonus olişi kerak bölgan (bonus u 2016 yilda jamoa bilan şartnomani yangilagani uçun berilişi kerak bölgan). Unga faqat 14 mln yevro berilgan, u 2017 yil yozida «PSJ»ga ötib ketgaç, pulning qolgan qismini bermaslikka qaror qilişgan. Endi futbolçi pulning qolgan qismini - 26 million yevro va 10 foizlik kompensatsiya talab qilmoqda. 

Öz navbatida, şu yozda Neymarni ortga qaytarişga uringan va yakunda maqsadiga erişa olmagan «Barselona» ham futbolçi kelişuvni buzganini da'vo qilib, 75 mln yevro undirmoqçi. «PSJ»ga ötişidan oldin futbolçining şartnomasi rekord darajadagi 222 mln yevroga sotib olingandi.

Bu iş avval ikki marta keçiktirilgandi. Avvaliga sud eşituvi 2019 yilning 31 yanvariga belgilangan, ammo sönggi pallalarda muddat ortga surilgandi. Keyingi sud eşituvi 21 martga tayinlangan, ammo Neymarning advokatlari «PSJ» bilan şartnomani taqdim etişdan boş tortişgandi. Hakam öşanda sud eşituvini 27 sentyabrga qoldirgandi. Ikki tomon ham sudga çaqirilgan, bu safar «PSJ» klubi prezidenti Nosir Al-Xelayfi ham körsatma berişga kelişi kutilmoqda.