Apple kompaniyasi 10 sentabr kuni iPhone smartfonlari va boşqa qurilmalarining yangi modellari taqdimotini ötkazadi.

Apple mahsulotlari böyiça ekspertlar yangi smartfonlar ötgan yilgi iPhone XR, iPhone XS va iPhone XS Max modellaridan unçalik ham farq qilmasligini taxmin qilişmoqda.

Yangi smartfonlar ekrani 5,8 dyuym, 6,1 dyuym va 6,5 dyuym bölişi kutilmoqda. Ma'lumotlarga köra, birinçi model iPhone 11 deb, qimmatroq modellar esa Pro va Pro Max deb nomlanadi.

Tahlilçilarning fikriça, smartfonlar A13 protsessori bilan jihozlanadi. iPhone 11 4 Gb va Pro hamda Pro Max 6 Gb tezkor xotiraga ega böladi. Ular namlik va çangdan yuqori darajadagi himoyalangan böladi.

Yangi smartfonlar 27 sentyabrdan sotuvga çiqişi kutilmoqda.  

Smartfonlardan taşqari, kompaniya özining Apple Watch 5 aqlli soatlarini taqdim etadi. Ekspertlar şuningdek, ekrani 16 dyuymli MacBook Pro ham namoyiş etilişini kutişmoqda.