Hindistonlik ayol 74 yoshida egizak farzandlarni dunyoga keltirdi
Hindistonning Andxra-Pradesh shtatida yashovchi hamda 74 yoshida ekstrakorporal (sun'iy) urug‘lantirish bilan homilador bo‘lgan ayol egizak qiz farzand dunyoga keltirdi. Bu haqda Hindustan Times nashri xabar berdi.
Shifoxonada ta'kidlanishicha, Erramatti Mangayamma ismli keksa ayolga kesarcha kesish qilingan.
“Operatsiya yaxshi kechdi. Ona ham, chaqaloqlar ham sog‘lom va hech qanday asoratlarga ega emas. Biroq ona oxirgi soatlarda boshdan kechirgan stress holatdan chiqishi uchun intensiv davolash bo‘limiga joylashtirildi”, deb aytgan shifoxona rahbari.
Ta'kidlanishicha, ayol farzandlarini ko‘kragi bilan boqa olmaydi, shu sababli chaqaloqlarga donorlik suti bankidan sut beriladi.
Xabarda aytilishicha, keksa ayol qand kasalligi va gipertenziya kabi muammolarga ega bo‘lmagani sababli homilani ko‘tarib, farzand dunyoga keltira olgan.
Ayol va uning 80 yoshli turmush o‘rtog‘i 1962 yilda turmush qurishgan. Oxirgi 57 yil ichida juftlikning farzand ko‘rishga urinishlari besamar ketgan. Biroq sun'iy urug‘lantirish protsedurasi tufayli 74 yoshli ayol joriy yil yanvarida homilador bo‘la olgan.
Avval sun'iy urug‘lantirish yordamida ona bo‘lgan eng keksa ayol hindistonlik boshqa bir ayol Omkari Panvar bo‘lgan. U ham 2008 yil yozida 70 yoshida egizak farzand dunyoga keltirgan.
Mavzuga oid
09:51 / 01.06.2024
O‘zbekistonda to‘rt oyda qancha egizak tug‘ilgani ma’lum qilindi
09:31 / 27.03.2024
Sirdaryodagi oilada 4 qizdan so‘ng uch egizak dunyoga keldi
08:50 / 16.03.2024
O‘zbekistonda ikki oyda qancha egizak tug‘ilgani ma’lum qilindi
10:34 / 07.03.2024