3 sentabr kuni Özbek milliy akademik drama teatrida 105 - teatr mavsumining oçilişi bölib ötdi. Unda Izzat Sulton va Uyğun qalamiga mansub «Alişer Navoiy» spektakli namoyiş qilindi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.

Video: Youtube

Video: mover.uz

San'at sohasi vakillari, tomoşabinlar va OAV xodimlari iştirok etgan mazkur oçiliş tadbiri Özbek milliy akademik drama teatrida ijod qilgan san'at darğalarini yodga oliş bilan boşlandi. Jumladan, spektakl namoyişi avvalida marhum san'atkorlar haqida tayyorlangan qisqa videorolik namoyiş etildi.

«Bugungi kunda yer yuzidagi xalqlarning madaniy, ma'naviy taraqqiyot darajasini ifoda etadigan eng muhim yönalişlardan biri bu – teatr.

Badiiy ijodning köpgina turlari kabi uşbu san'at ham jahondagi har qaysi xalqning ezgu orzu-niyatlari, hayot tarzi, ong-u tafakkuri, gözal his-tuyğularini, tarixiy va zamonaviy voqealarga bölgan munosabatini, milliy va umumbaşariy qadriyatlarga sadoqatini ta'sirçan usullar, betakror badiiy lavhalar, hayotiy obrazlar orqali aks ettirişga xizmat qiladi.

Afsuski, bugunning yoşlarida mana şu san'at turiga nisbatan qiziqişni yuqori deb bölmaydi. Meni afsuslantirayotgani, yuqorida eslangan san'at darğalarini aksariyat yoşlarimiz tanimaydi.

Albatta, teatrda tomoşabinning köpligi kişini xursand qiladi, lekin men tomoşabinlar içida ayniqsa yoşlarni köproq körişni istagan bölardim», deya teatr masumining oçilişida söz olgan Özbekiston Madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullayevning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

«105 yil davomida qanday buyuk san'atkorlar bu sahnaning çangini tuproğining çangini yaladi.  Sahna ortidagi odob qoidalarga rioya qildi», deydi Özbekiston xalq artisti Erkin Komilov.