Sobiq ittifoq hududidagi aksar respublikalarda filologiya yangi özanlarga tuşib oldi. Bizda-çi? - Professor bilan suhbat
|02:49 / 06.09.201923 15319 min
Bir neça kun avval«Bunday ona tili ta'limi özimizni aldaşdan boşqa narsa emas!» – Tilşunos olim bilan suhbat» sarlavhali maqola e'lon qilingan edi. Mazkur suhbatda ona tili (özbek tili) va adabiyoti ta'limidagi muammo va kamçiliklar tahlil qilinib, takliflar bildirilgan edi. Quyida yuqoridagi suhbatning mantiqiy davomi sifatida filologik ilmdagi holat baholanadi.
Yangi asrdafaqatamaliy tatbiqqa ega, natijalarini iste'molçilar söraydigan va ularga aniq samarani taklif etadigan, jamiyat rivojiga hissa qöşadigan fanlargina yaşab qolişga, rivojlanişga haqlimi? Yoki ilm ilm uçunmi? Filologiya fanlari doktori, Alişer Navoiy nomidagi Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universiteti professori Baxtiyor Mengliyev bilan şu va boşqa muammolar xususida soha doirasida suhbat taşkil qilindi. Unda filologiya, xususan, tilşunoslik ilmining bugungi holati, qilinayotgan tadqiqotlar mohiyati xususida söz boradi.
— Prezidentimiz yaqinda bölib ötgan videoselektor yiğilişida ta'lim va til öqitiş masalalariga alohida e'tibor qaratdi. Tanqidiy gaplar aytildi. Şu ma'noda aytişimiz mumkinki, til va adabiyot ilmi (filologiya) va ta'limi sohalar orasida jamiyatimizda muhimlik darajasi böyiça sönggi örinlarga tuşib ketgani sir emas. Hatto yaqin tarixda filologiya kerakmi degan iddaolar bölgan va hozir ham yöq deb bölmaydi. Bu masalaga mutaxassis sifatida fikringiz qanday?
— Çorak asrlar muqaddam (qayta quriş yillari arafasida) fiziklar tomonidan til va adabiyot ilmi foydasiz soha, filologlar moddiy ne'mat yaratmaydi, ular jamiyat uçun kerak emas, nafaqat kerak emas, hatto tekinxör, boqimanda, tirik tovon degan iddaolar bölgan va bu sobiq şöro filologiyasiga nisbatan aytilgan edi. Lekin keyinçalik sobiq ittifoqning aksar respublikalarida holat özgarib ketdi. Filologiya ham yangi özanlarga tuşib oldi. Buni sohada e'lon qilinayotgan işlarning aksariyati davlat granti asosida moliyalaştirilayotgani, filologiya böyiça turli-tuman ilmiy tadqiqot institutlari faoliyat körsatib, yangi-yangilari oçilayotganida ham körişimiz mumkin. Şuningdek, zamonaviy filologik kasblar paydo böldi: tarmoq kommunikatsiyalari yetakçisi, avlodlararo tarjimon, komyuniti-menejyer, marketing kotibi, qidiruv sinçisi, mediaşunos, kreativ kommunikator, jamoatçilik bilan aloqa mutaxassisi, referent, imijmeyker, kopirayter, spiçrayter, til moderatori va hokazo. Ularni tayyorlaydigan ta'lim yönalişlari ham vujudga keldi.
Mavzuga oid
Bizda-çi? Bizda aytarli özgariş bölmadi. Eski filologiya esa tanazzulga yuz tutdi. Yangisi tuğilmadi. Hozir jamiyatning e'tibori va yordami «ölik» filologiyani saqlab turişga kömaklaşişdan iborat. Çunki sohaning özi «reanimatsiya» holatidan çiqişga harakat qilmayapti. Bunda davlatni ayblaş töğri emas. Axir, bemorning özida harakat bölmasa, tabibdan foyda yöq. Hatto özbek tili va adabiyotiga yönaltirilgan universitet taşkil etilgan, tadqiqot instituti qayta tiklangan bölsa-da, ilmiy va ta'limiy jabhada jiddiy ijobiy siljiş kuzatilmadi. Filologlar tayyorlaş sohasi «xöjakörsin» şaklga, piar maqsadiga, sirti yaltiroq, içi qaltiroq mazmunga ega bölib qoldi. U kundan-kun ilmdan, olimlardan yiroqlaşib borayotir. Fojiali tomoni şundaki, filologiya birdan-bir tatbiqiy sohasi bölgan ta'lim uçun ham mutlaqo xizmat qilmay qöydi.
Filologiya fani va til-adabiyot ta'limi orasida jarlik paydo böldi.
An'anaviy filologiya hozirgi kunda inqiroz holatini boşidan keçirmoqda. Biz filologlar, aççiq bölsa ham aytiş lozimki, ana şu «jonsiz» filologiyani qöriqlab, yuvib-taraş evaziga kun köryapmiz. Mamlakatimizda filologik tadqiqotlar va til-adabiyotni öqitişga e'tiborning susayib ketgani ularning zamondan butkul orqada qolib ketganidir.
— Umuman olganda, şiddatli zamonamizda filologiya mavjud bölişga qay darajada haqli?
— Agar amaldagi filologiyamizni nazarda tutayotgan bölsangiz, uning yaşaşga mutlaqo haqqi yöq. Yangi asrda hozirgiday sof filologiya bölişi mumkin emas. Filologiya boşqa sohalarga hamkorlik qilsagina mavjud böla oladi. Yangi filologiya tuğilişi uçun özimizning yordamçi fan sohasi vakili ekanimizni anglaşimiz, tan olişimiz va yölimizni şunga mos qurişimiz lozim. Masalan, tilşunoslik 3 ming yillik uzoq tarix va turli taraqqiyot bosqiçlariga ega. Lekin u dastlab boşqa fanlarga yordamçi soha edi. XIX asrning örtalariga kelib mustaqil fan sifatida amal qila boşladi. Albatta, buning sabablari bor. Tilşunoslik tillarning içki qurilişini – sistemasini aniqlaşi davr talabi bölib, tildagi tovuşlarni, sözlarni, qöşimçalarni, gap tuzilişi sirlarini oçişi lozim edi. Şu tarzda fonetika, leksika, morfologiya, sintaksis degan tilşunoslik bölimlari ajratildi va ming afsuski, tilşunoslik uşbu bölim-u bölimçalari bilan birga ta'limga kirib ketdi. Örtada fan va ta'limni boğlovçi bir böğin vujudga kelmadi.
Tilşunoslik yillar davomida til qa'riga çuqurlaşgani sayin milliy tillar ta'limi ham murakkablaşib boraverdi. Bugungi özbek ona tili ta'limi – ana şunday soha. Murakkab, çigal lingvistik qoidalar, darsliklardan darsliklarga ötib boradigan çayir ta'riflar, bu qoida va ta'riflarga mos lingvistik maşq va topşiriqlar, amaliyotdan mutlaqo yiroq test savollari öquvçi işlatmaydigan, hayotida, kezi kelsa, bir marta ham röpara bölmaydigan bilimlar sinoviga yönaltirildi. Biz ona tili va adabiyot ta'limida «filologik çoh»ga şu darajada çuqur şönğib ketdikki, undan çiqişimiz endi ança qiyin keçadi. Asl fojiamiz esa uni anglab yetmayotganimiz yoki tan olmayotganimiz!
Zamonaviy tilşunoslik oldida tildan foydalaniş, tilni «işlatiş» masalasi turibdi. U bu masalani çetlab ötib, hanuz örganib bölingan obektini yana kovlaştiriş bilan, boşqaça aytganda, ötib ketgan davr muammolari bilan band bölib yotibdi. Bunday tilşunoslikning heç kimga keragi yöq va şu masalada fiziklarning yuqoridagi fikrlariga qöşilmaslik mumkin emas. Ana şu «jonsiz» tilşunoslik böyiça olib borilayotgan tadqiqotlar, ona tilining «jonsiz» ta'limi davlat uçun heç qanday ijtimoiy samara bermaydigan, ortiqça yuk. Bu yukdan tamomila voz keçiş vaqti çorak asr oldin kelgan edi. Voz keçolmayotganimiz uçun ham filologiya keraksiz, hatto zararli soha bölib qolayotgani barobarida mavjud ona tili ta'limi esa yoşlarga heç narsa bermayotir. U tuzuk-quruq savod çiqariş vazifasini ham bajara olmayapti. Axir, qölida vakolatli organlar tomonidan tasdiqlangan va foydalanişga tavsiya etilgan imlo luğati bölmagan (boşqa luğatlarni-ku qöyib turaylik) öquvçining savodxonligi haqida yana qanday gap bölişi mumkin?
— Sizningça, yangi tilşunoslik zamon talablariga javob berişi uçun qanday bölişi kerak?
— Aytganimdek, yangi davrda tilşunoslik boşqa sohalarga kömakçi bölib qolişi kerak. Matematik lingvistika, biologik lingvistika, fizik lingvistika, tibbiy lingvistika, kompyuter lingvistikasi, psixologik lingvistika, ta'limiy lingvistika, san'at lingvistikasi, diniy nutq lingvistikasi, ortologiya va hokazo. Har bir soha böyiça luğatçilik lingvistik asosda taraqqiy etişi lozim. Birgina misol. Olingan tovarning yorliğini öqib qay darajada tuşuna olamiz? Dorixonadan xarid qilingan mahsulotning yöriqnomasidagi neçta sözning ma'nosini bilamiz? Undagi jumlalar mazmuni haqida gapirmasa ham böladi. Nari borsa, uçta-törtta söz-da: dozasi, nojöya ta'siri, mutaxassis, maslahatlaşing kabi. Axir, yöriqnomani savodli har bir kişi öqib tuşuna olişi kerak emasmi? Buning uçun esa lingvistika bilan tibbiyot hamkorligi zarur. Tibbiy terminologiyaning ilmiy va ommabop variantlari farqlanişi kerak. Tibbiy ilmiy va ommabop matn farqlanişi, ilmiy tadqiq qilinib, lingvistik tavsiyalar işlab çiqilişi zarur.
Talabgor, boringki, 100ta zamonaviy tibbiy terminning odamşavanda variantini asoslab, qöllaşga tavsiya etgani uçun ilmiy daraja olsin. Bu bittagina dissertatsiya hozirgi önlab ijtimoiy foydasiz, «fan fan uçun», «dissertatsiya ilmiy darajalar uçun» tamoyili asosida himoya qilinayotgan tavsifiy xarakterdagi tadqiqotlardan foydaliroq. Endi tavsifiy tilşunoslik öz örnini sohaviy-tavsiyaviy tilşunoslik yönalişlariga böşatib berişi lozim. Masalan, biror asarda qöllangan sözlarni tavsifiy tadqiq qiliş örniga uning luğatini tuzib qöyiş zarurroq va foydaliroq emasmi? Tadqiqotlar ilmiy daraja uçun bölib qolmasligi kerak. Aslida terminşunoslik kabi luğatşunoslik ham tilşunoslikning eng samarador sohasi. Ammo tavsiyaviy luğatşunoslik bizda yöq hisobi (luğatşunoslik böyiça öquv fanlari ham ötmişga qaratilgan, kelajakka emas). Xullas, qança fan sohasi bölsa, şunça lingvistik yönaliş, sohaviy luğatşunoslik, terminşunosliklar şakllanişi lozim.
Filologiya yaroqsiz holga kelib qolgani uçun ham:
– mamlakatimizda bu sohadagi davlat grantiga da'vogar istalgan mavzudagi loyihani, himoyaga qöyilgan har qanday dissertatsiyani, dolzarbligidan qat'i nazar, özaro şaxsiy yoki boşqa munosabat asosida töla ma'qullaş yoki osongina yöqqa çiqariş mumkin;
– aniq, tabiiy, iqtisodiy fanlar böyiça yangi talablar asosida dissertatsiya himoyalariga keng yöl bölgani holda, filologiya sohasida köplab sun'iy çeklovlar mavjud. Tabiiy çeklovlar qöyilsa, muammoning hayotiyligi va amaliy ahamiyatliligidan kelib çiqilsa, filologiyada kamdan-kam iş himoya qilinadi.
Xullas, sobiq şöro tuzumi davrida filologiya böyiça ilmiy işlar tadqiqotçilarning taşabbuslari bilan, asosan, ilmiy daraja oliş maqsadida olib borilar, soha xarajatlari aslida aniq va tabiiy fanlarga ajratilgan mablağlar asosida qoplanar edi.
Bugungi kunda filologiya maqsadli talab va taklif munosabatiga mos emas. Sohada talabsiz taklif hukmron. Aniqroği, almisoqdan qolgan maqsad va foydasiz vazifalar asosida iş körayotgan, natijalarini iste'molçilar söramayotgan jonsiz va tatbiqsiz tusdagi filologiya fani töliq boqimanda sohaga aylanib qoldi. Çunki tadqiqotlardagi muammolar sun'iy. Ular aslida fanning muammosi, aslo jamiyatniki emas. Şuning uçun ham himoyaga olib kelinayotgan dissertatsiyalarga OAK tomonidan bildirilayotgan asosiy va haqli e'tiroz – natijalarning amaliyotga tatbiq etilmaganidir (aslida tatbiq etib bölmasligi). Demak, yo tadqiqotlardan butkul voz keçiş, yo davr talablariga mos izlanişlar olib boriş zarur. Uçinçi yöl yöq!
— Filologiya sohasidagi islohot qanday bölişi kerak deb öylaysiz?
— Birinçidan, ma'muriy islohotlar ötkaziş, şuningdek, soha rahbarlari, «darğa»lari va mutaxassislarining tafakkurini özgartiriş kerak. Filologiya «jonsiz» soha bölib qolgani uçun ham oliy öquv yurtlarining ilmiy va ta'limiy riçagi bölgan filologiya mutaxassisligi kafedralarini şunga mos kişilar boşqaradi. Iqtidorli olimlar esa bunday bema'ni taşvişli lavozimlardan qoçişadi. Lavozimlarga, asosan, ilmning köçasidan ötmagan kişilar jadval va hisobotlar tayyorlaş darajasiga, majlis-u tadbirlarda faolligiga, közining «körligi», tilining «soqovligi» va quloğining «karligi»ga qarab tayinlanadi (filologik ilmiy muassasalar ham bundan peş emas). Hatto oddiygina hozirgi özbek tili va hozirgi özbek adabiy tili tuşunçalarini farqlamaydigan kişilar fanlarning taqdirini hal qiladigan bölib qoldi. Ular – oqim böylab suzib emas, şunçaki «oqib» ketaveradigan kişilar. Sohada innovatsiya qiliş, uni rivojlantiriş haqida öylamaydilar ham. Kafedralarning ham, ilmiy muassasalarning ham zamon talablari asosidagi innovatsion konsepsiyalari yöq (bu «Ma'rifat» gazetasining 2015 yil 3 iyun sonida «Kafedra» sarlavhali maqolada yoritilgan edi).
Sohada ilmiy unvon va darajalar ilmiy yutuqlar asosida emas, köp hollarda munosabatlar asosida belgilanadi. Bunday şaroitda filologiya ilmini qanday yuksaltiriş mumkin? Bu holda zamonaviy filologiya haqida gap bölişi mumkinmi?
Ilğor va zamonaviy, innovatsion ilmiy ğoya obro‘ va martaba mezoni bölmoği, ularning amalga oşirilişi daraja va unvonlar asosida turmoği lozim. Filologiyaning bugungi «jonsiz» holati esa haqiqiy olimlarni «istalmagan şaxslar»ga aylanişiga olib kelganligi öta açinarli!
Davr dars beruvçi professor-öqituvçilarning ham, kafedra mudirlarining ham, ayrim fanlarning ham tanlovini töla ma'noda auditoriyaga qoldirişni taqozo etayotir. Talaba nimani öqişni va kimdan saboq olişni özi hal qilişi kerak.
Ikkinçidan, universitetlarda ötiladigan qator fanlardan butunlay voz keçiş kerak. Jahon tajribasini örganiş, ijobiy tomonlarini özlaştiriş lozim. Bunga davlat mablaği hisobidan xorijga şunçaki sayohat qilib keluvçilar emas, balki munosib mutaxassislar jalb etilişi zarur.
Ta'kidlaş lozim, bugungi kunda «Özbek filologiyasi» va «Özbek tili va adabiyoti» yönalişlarida ötiladigan fanlarning aksariyati mutlaqo eskirib ketgan. Boz ustiga, bu ikki yönalişda qariyb barça mutaxassislik öquv predmeti bir xil öqitiladi, faqat soatlar hajmi bilan farq qiladi. Axir, filologiya – tadqiqiy, özbek tili va adabiyoti – ta'limiy yönaliş! Birida predmet tadqiqiy, ikkinçisida ta'limiy aspektda öqitilişi, yondaşuvlar mutlaqo farq qilişi kerak emasmi? Yoki har ikki yönalişda ham şunday öquv fani borki, ularning nomi va mazmuni mos emas. Misol sifatida oladigan bölsak, «Navoiyşunoslik» öquv fani, nomidan körinib turibdiki, Alişer Navoiy ijodining örganilişi masalasidan bahs yuritadi. Biroq uşbu öquv predmeti dastur va darsliklari mazmuni kuzatilsa, uning «Navoiyşunoslik» emas, balki «Alişer Navoiy» fani ekani ma'lum böladi, çunki kursda gap Navoiy ijodi haqida boradi, uning ijodining örganilişi böyiça bitta mavzu bor, xolos. Demak, öquv fani «Navoiyşunoslik» bölsa, uning mazmuni özgartirilişi, modomiki, mazmun şunday qoldirilişi kerak ekan, unda fanning nomi «Alişer Navoiy» bölişi lozim.
Umuman olganda, filologik öquv fanlari tizimi davr talablariga mutlaqo mos emas. Şuning uçun yetişib çiqqan filologlar bozor talablariga javob bermaydi. Fikrlarimizni yana ayrim dalillar bilan mustahkamlaymiz. Ma'lumki, maktab ta'limida inşo maşğulotlari uçun behad katta soat ajratiladi. Biroq hali biz öquvçiga yolçitib inşo (matn) yozişni örgata olganimiz yöq. Çunki qanday örgatişni bilmaymiz. Na uning öquv predmeti, na texnologiyasi, na metodikasi bor! Jonli, amaliy ahamiyatli, töla ma'noda nutqiy malakani şakllantiradigan «Nutq madaniyati» fani ham hanuz yaratilmadi. Öquv predmeti sifatida ritorika va nutq madaniyati tarixi, voizlar faoliyati haqidagi nazariy va axboriy ma'lumotlar, tumtaroq, çigal, çalkaş va ayqaş-uyqaş qoidalar majmui bölib qolmoqda!
Metodik nuqtai nazardan ta'lim sohasida öqiyotgan talaba har kuni maktabda bölişi lozim. Rasmiy yondaşuvlardan voz keçib, jonli metodikani yölga qöyiş kerak. Mavjud pedagogik amaliyotlar nomiga, pala-partiş va samarasiz taşkil etiladi. Oliy va örta ta'lim hamkorligi mexanizmi yaratilmagan, tizim işlab çiqilmagan.
Xullas, oliy filologik ta'limda kosmopolitizmdan voz keçiş davri şiddat bilan ötib ketmoqda!
Uçinçidan, respublika uçun qança nazariy filologiya va qança ta'limiy filologiya böyiça mutaxassis kerak? Butun respublika universitetlarida şunça filolog tayyorlaşga hojat bormi? Filologiya böyiça ulardan qançasi tadqiqotçi böladi? Davlatning şunça mablağini notöğri sarflaşning nima keragi bor? Bir yilda mamlakat böyiça 100 nafar filolog tayyorlaş, balki yetarlidir (agar köplik qilmasa!). Buni markaziy OTM – Alişer Navoiy nomidagi Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universitetiga qoldirib, boşqa OTMlarda asosiy e'tiborni özbek tili va adabiyoti ta'limi mutaxassislariga qaratiş kerak emasmi? (Talantli bölsa, kelajakda bu yönaliş bitiruvçilari orasidan filologlar ham yetişib çiqaveradi. Bunga heç qanday tösiq yöq)
Magistratura mutaxassisliklari haqida ham şunday deyiş mumkin. Faqat tayanç öquv yurtida ilmiy mutaxassisliklar qoldirilib, boşqa OÖYuda ta'limiy mutaxassisliklar faoliyat yuritişi kerak. Şunda bakalavriatda ham, magistraturada ham katta miqdordagi asosiy pul tölanadigan vaqt budjeti ta'lim metodikasiga yönaltiriladi.
Zamonaviy filologiyani şakllantirişda «yuqori» va «quyi»ning hamkorlik yöllari sifatida quyidagilarni tavsiya qilaman:
birinçidan, tegişli soha vazirlik va qömitalari, korxona va taşkilotlar filologik tadqiqot yöli bilan hal qilinadigan masalalarni aniqlab, muammolar bankini yaratişlari, ularni fan yönalişlari böyiça tasniflaşlari, ilmiy iş bajaruvçi taşkilot va korxonalarga yuborib, şartnoma tuzişlari, ularning şartnoma böyiça faoliyatlarini moliyalaştirişlari zarur;
ikkinçidan, muayyan fan yönalişlari böyiça faoliyat yuritadigan ilmiy va öquv-ilmiy muassasalar tegişli sohalardagi ilmiy tadqiqot yöli bilan hal qilinadigan masalalarni aniqlaş, muammolar bankini yaratiş va tasniflaşda ularga kömaklaşişlari lozim;
uçinçidan, ilmiy va öquv-ilmiy muassasalar özlarining içki imkoniyatlaridan kelib çiqib, işlab çiqariş sohalari böyiça fundamental, innovatsion va amaliy tadqiqotlarni içiga oladigan xizmat tizimi va strukturasini işlab çiqişlari zarur;
törtinçidan, bu muassasalar işlab çiqariş sohalari böyiça fundamental, innovatsion va amaliy tadqiqotlarni içiga oladigan xizmatlarini taklif etişlari kerak;
beşinçidan, oqsoq sohani rivojlantirişga qöşgan hissasi uçun taşkilotlarga imtiyoz va yengilliklar berilişi lozim.
Xulosa qilib aytganda, aslida qudratli va hayotiy gumanitar fanlar jamiyatni ma'naviy jihatdan yuksaltiradi. Yuksak texnologiya va iqtisodiyot emas, balki yuksak ma'naviyat – taraqqiyot garovi! Ma'naviyatsiz texnologik va iqtisodiy taraqqiyot insoniyatni tanazzulga olib keladi.
Yangi asrdafaqatamaliy tatbiqqa ega, natijalarini iste'molçilar söraydigan va ularga aniq samarani taklif etadigan, jamiyat rivojiga hissa qöşadigan filologiya tuğilişga va yaşaşga haqli. Zero, jamiyatning madaniy-ma'naviy darajasi tilga va filologiya sohasiga munosabatda bilinadi.