Fuqarolik işlari böyiça Sirdaryo tumanlararo sudining ijro varaqasiga asosan da'vogar «Hamkorbank» ATB Guliston filialining javobgar «Eldor Zotdor Chorvalari» MÇJ fuqaro U.Xakimov va boşqalardan 104 mln. 476 ming söm undiriş belgilangandi.
Kredit qarzdorligi undiruvi kredit ta'minoti sifatida qöşimça javobgarlarning biriga tegişli «CHRYSLER» avtomaşinasiga qaratilgandi. Şunda xalq tilida erkalab aytiladigan «Limuzin» maşinasi negadir «yöqolib» qoldi.

Demak, qarzdorlikni undiriş «operatsiyasi»ga qidiruv guruhi a'zolari ham jalb etildi. MIBning qidiruvçilari somon içidagi ignani ham topişi tayin.
Bu gal şunday böldi. MIBning Sirdaryo tuman bölimi qidiruv şö'basi xodimlarining olib borgan sa'y-harakatlari bilan limuzin avtomaşinasi uzoq Xorazmdan topildi va tegişli çoralar körildi.











