Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avtomobillar uchun yangi yig‘im joriy etiladi. Tegishli loyiha deputatlar tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilindi
Kecha, 6 sentabr kuni Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan «Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish hamda O‘zbekiston Respublikasining «Chiqindilar to‘g‘risida»gi Qonuniga yangi moddalar kiritish masalasi muhokama qilindi.
Xususan, ekologik xavfsizlikni ta'minlash, fuqarolar salomatligi va atrof-muhitni transport vositalarning iste'mol xususiyatlarini yo‘qotish oqibatida vujudga kelgan chiqindilarning zararli ta'siridan himoya qilish maqsadida:
g‘ildirakli transport vositalari, o‘ziyurar mashinalar, ular uchun tirkamalarga nisbatan utilizatsiya yig‘imi joriy etilishi;
transport vositalariga nisbatan to‘lanadigan utilizatsiya yig‘imining miqdori O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan belgilanishi;
utilizatsiya yig‘imining to‘lanishi ko‘zda tutilgan transport vositalarining turlari va toifalari, shuningdek utilizatsiya yig‘imini undirish nazarda tutilgan.
«Yuksalish» umummilliy harakati xabariga ko‘ra, hujjat loyihasi deputatlar tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilingan.
Mavzuga oid
08:25 / 14.05.2026
Dunyoda qaysi avtomobil brendlari yetakchilik qilmoqda?
10:44 / 25.04.2026
Xitoy avtosanoatida AI “inqilobi” boshlandi
11:21 / 23.05.2025
4 oyda eng ko‘p ishlab chiqarilgan avtomobil ma’lum qilindi
14:57 / 01.05.2025