Tailand poytaxti Bangkok Mastercard talqini böyiça dunyoning eng köp taşrif buyuriluvçi şahri nomini özida saqlab qoldi.

Foto: Wikipedia
Mastercard’ning Global Destination Cities Index reytingiga köra, 2018 yilda Bangkok 23 mln mehmonni qabul qilgan.

Foto: Wikipedia
Uning ortidan reytingning keyingi örinlarini Parij va London egallamoqda. Fransiya poytaxtiga 19,1 mln, Londonga 19,09 mln mehmon taşrif buyurgan.

Foto: Wikipedia
Keyingi örinlarni Dubay (15,9 mln kişi), Singapur (14,6 mln), Kuala-Lumpur (13,7 mln), Nyu-York (13,6 mln), Istanbul (13,4 mln sayyoh), Tokio (12,9 mln) hamda Antalya (12,4 mln) egallagan.
Reyting Jahon sayohatlar va turizm kengaşi hamda havo transporti xalqaro uyuşmasi ma'lumotlariga köra tayyorlangan. Bunda tunaş uçun qolgan xorijiy mehmonlar soni va ularning xarajatlari hisobga olingan.
2018 yil yakunlariga köra, sayyohlarning umumiy xarajatlari böyiça birinçi örinni 30,8 mlrd dollarlik körsatkiç bilan Dubay egallagan.
Keyingi örinni Makka 20,9 mlrd dollarlik körsatkiç bilan egallagan.
Bangkokda sayyohlar 2018 yilda 20,03 mlrd dollar, Singapurda esa 16,56 mlrd dollar sarflaşgan.















