Apple korporatsiyasi va uning hamkori Foxconn kompaniyasi Xitoydagi iPhone işlab çiqariş fabrikasida köplab vaqtinçalik işçilardan foydalaniş orqali qonun buzilişlarga yöl qöygan. Bu haqda China Labor Watch (CLW) huquqni himoya qiliş taşkilotiga asoslanib Bloomberg agentligi yozmoqda.

Xitoy korxonalaridagi mehnat şaroitlarini tahlil qiliş bilan şuğullanadigan taşkilot xodimi tekşiruv ötkaziş maqsadida tört yil davomida Çjençjoudagi Foxxconn zavodida işlagan.

Uning aniqlaşiça, 2019 yil avgustda korxonadagi vaqtinçalik işçilar soni jami işçilarning 50 foizga yaqinini taşkil etgan. Xitoy qonunlariga köra esa, bu miqdor köpi bilan 10 foiz bölişi lozim. Taşkilot Apple hamkorlari boşqa qonun buzilişlarga ham yöl qöyganini aniqlagan.

Vaqtinçalik işçilarga avgust oxirida stajirovkasi tugagan talabalar kirgan. Hozirda vaqtinçalik işçilar soni 30 foizga yaqin, ammo bu baribir qonun buzilişi hisoblanadi, deya qayd etadi CLW.