Özbekistondagi fermer xöjaliklari elektr energiyasini tejaş maqsadida zamonaviy qurilmalarni örnatişni boşladilar.
Energetika vazirligi Matbuot xizmati xabariga köra, 2019 yil 6 sentabr kuni Jizzax viloyati Foriş tumanidagi «LAZZAT KAFOLAT» uzumçilik-fermer xöjaligiga qaraşli uzumçilik plantatsiyasida çuqurlik nasosini elektr energiyasi bilan ta'minlaş maqsadida «OftobNur» kompaniyasi mutaxassislari tomonidan fotoelektr (quyoş) stansiyasini örnatiş va işga tuşiriş böyiça işlarni yakunladilar. Nasos qişloq xöjalik ekinlarini doimiy suğorilişini ta'minlaş uçun quduqdan suv çiqarişga möljallangan.
Yuqori samaradorlikka ega bölgan fotoelektr (quyoş) panellari Özbekistonda işlab çiqarilgan. Ularning kafolatlangan xizmat körsatiş muddati 25 yilni taşkil etadi.
Zamonaviy qurilma soatiga 10 kilovatt elektr energiyasi işlab çiqaradi. Bir yoruğ kunda u 80 kilovatt elektr energiyasi işlab çiqariş imkoniyatiga ega. Oylik elektr energiyasi işlab çiqariş quvvati esa 2400 kilovattga teng. Suğoriş mavsumida (mart-oktabr oylari) bu raqam 19200 kilovatt elektr energiyadan oşib ketadi.
Taqqoslaş uçun, fermer özini elektr energiyasi bilan ta'minlaş uçun 1 km qiymati 35 mln sömga yaqin bölgan elektr uzatiş liniyasi qurişga majbur böladi. Bunga qöşimça tarzda, amaldagi tarifga köra har yili foydalanilgan elektr energiyasi uçun 9 mln. söm tölaşiga töğri keladi.
Körsatib ötilgan quyoş qurilmasini örnatiş uçun fermer 78 mln. sömga yaqin mablağ sarflaydi. Mazkur qurilma 8 gektar yerni odatiy usul bilan, 30 gektar yerni esa tomçilaş usulida suğoriş imkonini beradi. Bunda fermer har bir gektar yerdan, misol uçun, poliz (qovun, tarvuz) ekinlaridan bir yilda 30 mln söm foyda olişi, 8 gektardan esa mos ravişda 240 mln söm daromad olişi mumkin. Örnatilgan qurilma xarajatlari birinçi yilning özida qoplanadi.

Prezidentning «Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya samaradorligiga erişiş, energiya tejovçi texnologiyalar va qayta tiklanuvçi energiya manbalarini joriy etişni jadallaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qaroriga binoan, yuridik va jismoniy şaxslarga bank kreditlari evaziga qayta tiklanuvçi energiya qurilmalarini, elektr tejovçi gaz qurilmalari va qozonlarini sotib olganlik uçun foiz tölovlari kompensatsiya hisobidan qoplanişi belgilab berilgan.












