Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron Albaniya boş vaziri Edi Ramadan Fransiya – Albaniya öyinidan oldin madhiya bilan boğliq bölgan voqea uçun uzr söradi.
Eslatib ötamiz, taşkilotçilarning xatosi tufayli Albaniya madhiyasi örniga Andorra madhiyasi yangradi. Ustiga-ustak stadion suxandoni xato qilganini aytib, Armanistondan (Albaniya örniga) uzr söradi.
«Prezident Makron Fransiya futbol federatsiyasi milliy madhiyamizni qöyişda yöl qöygan xatosi, nazoratsizligi uçun samimiy uzr söradi.
Buni «qabul qilib bölmaydigan xato» deb atab, futbolçilarimizning munosabatini töğri baholadi va uzrini yetkazib qöyişimni söradi», – deb yozadi Rama «tvitter»ida .











