Quyida keltirilganlarning barçasini ingliz yuristi Metyu Heyl 1692 yildayoq öz vorislariga yozib qoldirgan. Bu maslahatlar bugungi kungaça öz dolzarbligini zarraça yöqotmagan.
1. Yolğon sözlamang
Yolğon — insoniyatga qarşi katta jinoyatdir. Haqiqatsiz jamiyatning xavfsizligi kafolatlanmagan. Yolğon söz gapiruvçiga zarar qiladi: nafaqat uyatga qoldiradi, balki kişida odat paydo qilib, hatto özi istagan vaqtda ham rost sözlaşga qiynala boşlaydi. Vaqt ötişi bilan sözlovçi özining yolğon gapirayotganini ham sezmay qoladi.
2. Qölingizdan kelmaydigan işdan söz oçmang
Tilingizdan tasodifan asossiz gap çiqib ketuvçi vaziyatlardan uzoq turing. Işonçingiz komil bölmagan narsalarga boşqalarni işontirişga urinmang. Yoki sözlayotgan gaplaringiz şunçaki taxmin yoki şaxsiy fikringizligini oçiqlang.
3. Kamgap böling
Bekordan-bekorga oraga suqilmang. Ozroq gapiriş evaziga özgalarni tinglaş imkoniyatini yarating va yangi bilim, zakovat va malakaga ega böling.
4. Vazmin böling
Bahslar qaynagan vaqtda baqira körmang, özingizni qölga oling. Raqibingizni baland ovoz bilan emas, soğlom aql bilan jim qiling.
5. Sözlovçining gapini bölmang
Inson sözlayotganda har ne bölsa ham uning gapini bölmang. Oxirigaça tinglang. Şunda siz uni yaxşiroq tuşunasiz va nisbatan munosibroq javob berişingiz mumkin böladi.
6. Sözlaringizni çamalab boring
Avvalo öylang yoki sukut saqlang. Aytmoqçi bölganlaringizni ma'nosiga e'tibor qaratib, iboralaringizni çamalab oling. Bemulohaza odamlar sözlaşni boşlamagunlariça öylaşmaydi. Yoki gapirib bölgandan keyin öylaşadi.
7. Yoqimsiz kişilarning kamçiliklarini kuzating
Öziga bino qöygan va surbet kişilar orasiga tuşib qolsangiz, ularning kamçiliklariga e'tiboringizni qarating va ehtiyot böling. Şunda suhbat davomida ham, umumiy muomalada ham ularning xatolaridan qoçişning uddasidan çiqa olasiz.
8. Özingizni maqtamang
Maqtanmang va öz-özingizni baholamang. Sizni maqtovçi faqat sizning tilingiz bölsa, bu obröyingiz öta past va tezlik bilan qulaşda davom etayotganidan dalolatdir.













