Tasavvur qiling, siz hali bolasiz, matematika darsidan berilgan uy vazifasi qiyinlik qilyapti. Uni tuşuna olmaslik kayfiyatingizga ta’sir qildi va daftar, ruçkalaringizni otib yubordingiz.

Ulğaydingiz, undan ham kattaroq muammo oldingizdan çiqdi, özingizni qanday tutişni bilmadingiz va alamingizdan çiqiş uçun çeka boşladingiz.

Yoki oila a’zolari bilan bölgan muammolarni hal qila olmaslik, bir-birini tuşunmaslik ortidan hali gapirişni ham bilmaydigan bir yarim yoşli bolangizga qöl kötardingiz.

Bu kabi holatlarga yeçim topa olmasdan özini yöqotib qöyişga hissiy intellektning pastligi sabab bölişi mumkin.

Hissiy intellekt nima?

Hissiy intellekt insonning öz his-tuyğularini tuşunib, ulardan foydalana olişi va töğri boşqara olişini anglatadi. Aynan şu usulda boşqalar bilan yaxşiroq munosabat örnatamiz, ularning his-tuyğularini tuşunamiz va stresslarning oldini olamiz, ziddiyatli vaziyatlardan çiqib ketamiz.

Hissiy intellekt bizga atrofdagilar bilan soğlom munosabat örnatişga, işda va öqişda muvaffaqiyat qozonişga, kareramizni özimiz xohlagan bosqiçga olib çiqişga yordam beradi.

Hissiy intellekt sabab inson özini köproq va yaxşiroq tuşunadi: nima his qilyapti, nimaga muhtojligini anglaydi. Tuşunganlari asosida hislarini boşqara oladi. Vaziyatlarda özini tutib qola oladi, kerakli qaror çiqaradi. Özini özi tuşungani uçun boşqalarning ham nima his qilayotganini tuşunadi. Özini va boşqalarni tuşungani hisobiga esa insonda soğlom munosabat quriş, jamoada özini qanday tutiş, jamoa bilan işlaş, insonlarni ruhlantiriş, boşqaruvçilik qobiliyatlari şakllanadi.

Ya’ni hammasi bir-biriga boğliq tarzda rivojlanadi.

Şuning uçun ham insondagi hissiy körsatkiçning ahamiyati aqliy körsatkiçnikidan kam baholanmaydi.

Bolalarga hissiy bilim kerakmi?

Albatta, vaqtida uyga vazifani bajara olmay daftarini uloqtirib yuborgan bola ulğayganda muammoli vaziyatda kattaroq narsadan voz keçib ketişi mumkin. Şuning uçun ham bolalarga ular kiçikligidan hissiyotlarini tuşunişni örgatiş muhim.